YHXB noto‘g‘ri parkovka qilingan avtomobillarni fotoqayd qilishni boshladi

Obuna bo‘lish
Qonunbuzarlik qayd etilgan fotosurat ma’lumotlar bazasiga kiritilganidan so‘ng, avtomobil egasiga pochta orqali jarima xati yuboriladi.

TOShKENT, 22 apr — Sputnik. Toshkent shahar Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi noto‘g‘ri parkovka qilingan avtomobillarga qarsh kurashning yangi uslubiga o‘tdi, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri.

Ikki oy oldin O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev IIVga tartibsiz uyushtirilgan avtomobillar to‘xtash joylariga qarshi kurashni boshlash kerakligi haqida xabar qilgan edik. Xususan, huquqni saqlash organlari mumkin bo‘lmagan joylarda to‘xtab turgan avtomobillarni jarimaga tortishning soddalashtirilgan mexanizmini ishlab chiqishlari kerak edi.

Rabota evakuatorov - Sputnik O‘zbekiston
Noto‘g‘ri parkovka qilingan avtomobillarni nima kutmoqda

Toshkent shahar IIBBning YHXB boshlig‘i Barat Mamenov aytishiga qaraganda, xalqaro tajriba o‘rganib  chiqilganidan so‘ng, inspektorlarga noto‘g‘ri parkovka qilingan avtomobillarni fotofiksatsiya qilish huquqi berilgan.

Qonunbuzarlik qayd etilgan fotosurat ma’lumotlar bazasiga kiritilganidan so‘ng, avtomobil egasiga pochta orqali jarima xati yuboriladi. Noto‘g‘ri parkovka qilingan avtomobillar boshqa transport vositalari harakatlanishiga xalal bergan holdagina – evakuatsiya qilinadi.  

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Ma’muriy javobgarlik kodeksining 128 moddasida to‘xtab turish mumkin bo‘lmagan joylarda to‘xtatilgan transport vositalari egalarini jarimaga tortish belgilangan. Birincha marta ushbu qoidabuzarlikka yo‘l qo‘ygan haydovchilar eng kam ish haqqining 3 baravari miqdorida jarimaga tortiladi. Agar haydovchi yil davomida ushbu qoidabuzarlikni takroran sodir etsa u eng kam ish haqqining 5, 10 va 15 baravari miqdorida jarimaga tortilishi mumkin.

Yangiliklar lentasi
0