TOShKENT, 22 apr – Sputnik. O‘zbekistonda jamoaviy murojaatlar uchun yagona mahalliy portal paydo bo‘ldi. U yerda fuqaroar davlat va jamiyat ahamiyatiga ega bo‘lgan masalalar bo‘yicha o‘z fikr va tashabbuslarini e’lon qilishlari mumkin.
“Mening fikrim” veb-portali mamlakatimizda fuqarolarning jamiyat va davlat ishlarini boshqarishda ishtirok etish imkoniyatlarini kengaytirish, davlat hokimiyati vakillik organlari faoliyatining ochiqligi, qabul qilinayotgan qonunlarning hayotiy va samarali bo‘lishini ta’minlash maqsadida yaratildi”, — deyilgan portalda.
Portal quyidagi tartibda ishlaydi:
- Fuqarolar o‘z tashabbuslarini portalga yozishadi
- Ekspertlar ko‘rib chiqqanidan so‘ng ushbu tashabbus portalda e’lon qilinadi
- Portalda ushbu tashabbuslarga jamoatchilik tomonidan ovoz beriladi
- Ovozlar yetarli darjaga yetgach tashabbus Oliy Majlis yoki Xalq deputatlari Kengashlari e’tiboriga taqdim etiladi
Jamoaviy tashabbuslar portali quyidagi sohalar bo‘yicha fikr bildirish mumkin:
Portal "UZINFOCOM” – mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan ishlab chiqarilgan bo‘lib ayni damda sinov tartibida ishlamoqda.