“O‘zbekiston temir yo‘llari” meva-sabzavot tashishga 50% chegirma e’lon qildi

© Sputnik / Aleksandr Kondratuk / Mediabankka o‘tishTeplovoz s gruzovimi vagonami
Teplovoz s gruzovimi vagonami - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Chegirmalar O‘zbekiston hududidda yetishtirilgan ho‘l meva va sabzavotlar, qayta ishlangan meva-sabzavot mahsulotlari eksport yo‘nalishida tashilganida taqdim etiladi.

TOShKENT, 22 apr – Sputnik. “O‘zbekiston temir yo‘llari” meva-sabzavotlar tashishga chegirmalar  e’lon qildi. Bu haqida kompaniyaning rasmiy sahifasida xabar berilgan.

Xususan, chegirmalar quyidagi holatlarda beriladi:

  1. O‘zbekiston hududida yangi yetishtirilgan ho‘l meva va sabzavotlar, qayta ishlangan meva-sabzavot mahsulotlari eksport yo‘nalishida tashilganida 50 foizlik chegirma qo‘llash tartibi o‘rnatilgan.
  2. Qo‘shni Qozog‘iston hududi orqali O‘zbekistonda yangi yetishtirilgan ho‘l meva va sabzavotlar, kartoshka va tovuq go‘shti olib o‘tish uchun tranzit tashuvlarida 50 foiz chegirma qo‘llanilishi tartibi o‘rnatilgan.
  3. Rossiya Federatsiyasi hududiga yangi yetishtirilgan ho‘l meva va sabzavotlar refrijerator vagonlarda olib kirilganda, Rossiya davlati tomonidan 50 foizlik chegirma qo‘llaniladi.

Chegirmalar haqida qo‘shimcha ma’lumotlar va ularning shartlari haqida batafsil “O‘zbekiston temir yo‘llari” aktsiyadorlik jamiyati “O‘ztemiryo‘lekspeditsiya” orqali olish mumkin.

Yangiliklar lentasi
0