O‘zbekiston xokkeychilari Dubayda xalqaro turnir g‘olibi bo‘lishdi

© Foto predostavleno Alisherom AzimovimGlavniy trener xokkeynogo kluba "Binokor" Alisher Azimov
Glavniy trener xokkeynogo kluba Binokor Alisher Azimov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Turnir finalida toshkentning "Binokor" jamoasi Rossiyaning "Moskovskie pingvini" jamoasi bilan uchrashishdi va 3:1 hasobida g‘alaba qozonishdi.

TOShKENT, 22 apr — Sputnik. O‘zbekiston xokkeychilari "Dubai Cup" xalqaro turniri g‘olibi bo‘lishdi.

Toshkentning "Binokor" jamoasi eng kuchli A guruhda edi. Ushbu jamoada Finlandiya, Shvetsiya va Rossiya jamoalari ham bo edi. Musobaqa  davomida o‘zbekistonlik jamoa 3ta o‘yin o‘tkazdi, ulardan ikkitasida g‘alaba qozonib bittasida durang natija ko‘rsatishdi.

© Foto: Alisher AzimovUzbekistan viigral mejdunarodniy turnir v Dubae
Uzbekistan viigral mejdunarodniy turnir v Dubae - Sputnik O‘zbekiston
Uzbekistan viigral mejdunarodniy turnir v Dubae

Finalda "Binokor" Moskva viloyati Zelenograd shahridan kelgan "Moskovskie pingvini" havaskorlar  jamoasi bilan uchrashdi. O‘yin 3:1 hisobida o‘zbekistonlik jamoa g‘alabasi bilan yakunlandi.

Jamoa rahbari Alisher Azimov aytishiga qaraganda, jamoa ushbu darajadagi yirik xalqaro musobaqalarda ilk bor g‘alaba qozongan.

"Jamoamiz tarkibida aksariyat yosh o‘yinchilar (18-20 yoshli), ular kelajakda O‘zbekiston terma jamoasi tarkibida o‘yinga chiqishi kerak. Biz ularni sinab ko‘rdik. Ular pand berishmadi, o‘zlarining jangovar xarakterini ko‘rsatishdi", — dedi jamoa rahbari.

Ma’lumot uchun, "Dubai Cup" — AMHEL (Amateur Hockey Euroleague)  Yevropa havaskor jamoalar xokkey ligasni doirasida har yili o‘tkaziladigan musobaqa. Bu yilgi "Dubai Cup" turnirida 23 mamlakatdan 23 jamoa ishtirok etdi.

Yangiliklar lentasi
0