Shahrisabz shahrida kurash bo‘yicha xalqaro turnir o‘tkazildi. Yettinchi bor o‘tkazilayotgan turnirda ishtirok etish uchun dunyoning 29 davlatidan polvonlar tashrif buyurdilar. Musobaqaning mutlaq vazn toifasida o‘tgan final bellashuvida turnirning bosh sovrini — 10 ming AQSh dollari mukofoti va oltin medal — Qashqadaryo polvoni Sherali Jo‘rayevga nasib etdi.
Eronlik Jafar Pahlavoniy ikkinchi, qashqadaryolik Ilhom Jo‘rayev va mo‘g‘ulistonlik Anar Dorch uchinchi o‘rinlarni egalladi.

1/26
© Sputnik / Ramiz Baxtiyarov
Shahrisabz shahrida O‘zbekiston prezidenti sovrini uchun Amir Temur xotirasiga bag‘ishlangan yettinchi xalqaro turnir o‘tkazildi.

2/26
© Sputnik / Ramiz Baxtiyarov
Shahrisabz shahridagi "Hisor" stadionidagi o‘tov yaqinida, Amir Temur davri lashkarlari nayzalar yordamida "yetti" raqamini ifodalab turishibdi.

3/26
© Sputnik / Ramiz Baxtiyarov
Shahrisabzda o‘tkazilgan turnirga dunyoning 29ta davlati o‘z vakillarini yubordi...

4/26
© Sputnik / Ramiz Baxtiyarov
Buyuk sarkarda Amir Temurning har bir lashkari kurashchi bo‘lgan...
Amir Temur obrazidagi aktor turnir qatnashchilariga omadlar tiladi...
Amir Temur obrazidagi aktor turnir qatnashchilariga omadlar tiladi...

5/26
© Sputnik / Ramiz Baxtiyarov
Kurashchilar bahsi oldidan xonandalar qo‘shiq kuylab, raqqosalar hirom ayladilar

6/26
© Sputnik / Ramiz Baxtiyarov
Bu yilgi turnirda kurashchi-qizlar tomoshabinlar olqishiga ko‘proq sazovor bo‘ldi.

7/26
© Sputnik / Dilshoda Raxmatova
Turnir jarohatlarsiz kechmadi...

8/26
© Sputnik / Dilshoda Raxmatova
Yaktaklar ham dosh bermadi...

9/26
© Sputnik / Ramiz Baxtiyarov
Yaktak yirtilishi hamon o‘yin to‘xtatilib, polvonlar yangi yaktaklar bilan ta’minlandi.

10/26
© Sputnik / Dilshoda Raxmatova
Kurashchilar oyoqlaridagi jarohatlarga qaramay, o‘z raqiblariga qarshi maydonga tushdilar...

11/26
© Sputnik / Ramiz Baxtiyarov
Polvonlar bahsi...

12/26
© Sputnik / Ramiz Baxtiyarov
Polvonlar bahsi...

13/26
© Sputnik / Ramiz Baxtiyarov
Polvonlar har qanday holatda o‘rinlaridan turib bahsni davom ettirdilar...

14/26
© Sputnik / Ramiz Baxtiyarov
Raqibini yenggan kurashchi...

15/26
© Sputnik / Ramiz Baxtiyarov
Yirik vazndagi polvonlar kurashi

16/26
© Sputnik / Ramiz Baxtiyarov
Isroillik kurashchi qiz...

17/26
© Sputnik / Ramiz Baxtiyarov
Xalqaro kurash turnirini kuzatish uchun to‘plangan tomoshabinlar... Ularni quyosh jaziramasi ham, kechki salqin ham "qo‘rqita" olmadi...

18/26
© Sputnik / Ramiz Baxtiyarov
O‘z egalarini kutayotgan sovrinlar...

19/26
© Sputnik / Ramiz Baxtiyarov
Kurash bo‘yicha xalqaro turnirni kuzatish uchun Toshkentdan Shahrisabz shahriga velosipedda kelgan kurash muxlislari...

20/26
© Sputnik / Ramiz Baxtiyarov
Eronlik kurashchi Ja’far Pahlavoniy.

21/26
© Sputnik / Ramiz Baxtiyarov
Shahrisabz shahrida O‘zbekiston prezidenti sovrini uchun Amir Temur xotirasiga bag‘ishlangan xalqaro turnir ishtirokchilari bellashuvi...

22/26
© Sputnik / Ramiz Baxtiyarov
Shahrisabz shahrida O‘zbekiston prezidenti sovrini uchun Amir Temur xotirasiga bag‘ishlangan xalqaro turnir ishtirokchilari bellashuvi...

23/26
© Sputnik / Ramiz Baxtiyarov
Shahrisabz shahrida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun Amir Temur xotirasiga bag‘ishlangan xalqaro turnir davom etmoqda. Turnir davomida ayollar o‘rtasidagi bellashuvlarning final bosqichida 73 kg vazn toifasida Gulnora Sulaymonova ( O‘zbekistan) Li Xong Jong (Janubiy Koreya)ga qarshi gilamga chiqdi.
Bahsda Gulnora Sulaymonovaning qo‘li baland keldi. G‘alaba qilgan Gulnozaning xursandchilik onlari...
Bahsda Gulnora Sulaymonovaning qo‘li baland keldi. G‘alaba qilgan Gulnozaning xursandchilik onlari...

24/26
© Sputnik / Ramiz Baxtiyarov
Shahrisabz shahrida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun Amir Temur xotirasiga bag‘ishlangan xalqaro turnirning mukofot topshirish qismi.

25/26
© Sputnik / Ramiz Baxtiyarov
Xalqaro turnir g‘oliblari - turnir davomida ayollar o‘rtasidagi bellashuvlarning final bosqichida 78 kg vazn toifasida o‘zbekistonlik Gulnoza Matniyozova(o‘rtada) isroillik Ban Farin (chapdan uchinchi)ga qarshi gilamga chiqdi. Murosasiz kechgan bahsda Gulnoza Matniyozovaning qo‘li baland keldi.

26/26
© Sputnik / Ramiz Baxtiyarov
Shahrisabz shahrida Amir Temur xotirasiga bag‘ishlangan xalqaro turnirning g‘oliblari - o‘zbekistonlik Sherali Jo‘rayev (chapdan ikkinchi) 10 ming dollar mukofotni qo‘lga kiritdi, eronlik Ja’far Pahlavoniy (chapdan birinchi) 5 ming dollar mukofot bilan taqdirlandilar.