Xorazmda tuman hokimi yordamchisi DXX xodimlari tomonidan qo‘lga olindi

© Sputnik / Mixail Kutuzov / Mediabankka o‘tishDenejnie kupuri i moneti raznix stran
Denejnie kupuri i moneti raznix stran - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Qo‘shko‘pir tumani hokimining chegara masalalari bo‘yicha yordamchisi fuqarolarni Janubiy Koreyaga ishga yuborish uchun ko‘maklashish bahonasida aldov orqali ularning pullarini olish bilan shug‘ullanib kelayotganligi aniqlangan

TOShKENT, 21 apr — Sputnik. O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatining Xorazm viloyati boshqarmasi tezkor xodimlari Bosh prokuratura huzuridagi SVOJJDLQK departamentining viloyat boshqarmasi xodimlari bilan birgalikda firibgarlik bilan bog‘liq jinoyatning oldini olishdi. Bu haqda "O‘zbekiston24" telekanali xabar berdi.

Dollari v konverte - Sputnik O‘zbekiston
Farg‘onada IIB xodimi 300 dollar pora olayotganida qo‘lga tushdi

Telekanalda namoyish etilgan lavhada aytilishicha, maxsus xizmat xodimlari tomonidan Qo‘shko‘pir tumani hokimining chegara masalalari bo‘yicha yordamchisi Umurbek Atanazarov fuqarolarni Janubiy Koreyaga ishga yuborish uchun ko‘maklashish bahonasida aldov orqali ularning pullarini olish bilan shug‘ullanib kelayotganligi aniqlangan.

O‘tkazilgan tezkor tadbir jarayonida Umurbek Atanazarov Janubiy Koreyaga shartnoma asosida ishga jo‘natish uchun ikki nafar fuqarodan sakkiz ming dollar olayotgan vaqtida qo‘lga olindi. Dastlabki tergovoldi surishtiruvi vaqtida u shu vaqtga qadar 12 nafar fuqarodan jami 22400 dollar olganligi ma’lum bo‘ldi.

U yuqorida aytib o‘tilgan holatlar bo‘yicha aybiga to‘liq iqrorligini bildirdi.

Hozirda ushbu holat bo‘yicha hokim o‘rinbosari Umurbek Atanazarovga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

 

Yangiliklar lentasi
0