BMT O‘zbekistonga korrupsiyaga qarshi kurashish uchun 8 million dollar ajratadi

Obuna bo‘lish
Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha milliy qonunchilik batafsil tahlil qilinib, takomillashtiriladi va xalqaro talablarga moslashtiriladi.

TOShKENT, 20 apr — Sputnik. BMT rivojlantirish dasturi va Adliya vazirligi tomonidan 2018-2020 yillarda korrupsiyaga qarshi kurashish loyihasini amalga oshirish bo‘yicha bitim imzolandi, deb xabar qildi Adliya vazirligi matbuot xizmati. 

"Uch yilga mo‘ljallangan sakkiz million dollarlik loyiha korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha keng qamrovli chora-tadbirlar majmui bo‘lib, deyarli barcha sohalarni qamrab olgan", — deyilgan xabarda.

Loyiha Adliya vazirligi, Bosh prokuratura va BMT rivojlantirish dasturi hamkorligida tayyorlangan.

Delegatsiya MVD Tursii pribila v Uzbekistan - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston va Turkiya IIV o‘zaro hamkorlikni mustahkamlash bo‘yicha muzokara o‘tkazdi

Ushbu bitim doirasida tomonlar besh yo‘nalishda chora-tadbirlarni amalga oshirish rejalashtirishmoqda. Xususan, xalqaro ekspertlarni jalb qilgan holda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha amaldagi milliy qonunchilik tahlil qilinib, takomillashtiriladi va xalqaro talablarga moslashtiriladi. Bunda xalqaro bitimlar doirasida qabul qilingan O‘zbekiston majburiyatlariga alohida e’tibor qaratiladi.

Uch yillik dastur jamiyatda korrupsiya qarshi kurashish yo‘qotishga munosabatni rivojlantirish bo‘yicha yagona media strategiya yaratish, davlat xizmatchilarini tayyorlashda innovatsion uslublarni tatbiq etish hamda korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha xalqaro institutlar bilan hamkorlikni yanada rivojlantirishni ko‘zda tutadi.

O‘zbekistonda yanvar oyida "Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida" qonun kuchga kirdi. Fevral oyida esa respublika prezidenti Shavkat Mirziyoyev bosh prokurori Otabek Murodov boshchiligidagi korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha idoralararo komissiyasini tuzgandi. O‘zbekiston rahbari 2018-yilda korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha davlat dasturi doirasida 7 ta qonun loyihalarini ishlab chiqish to‘g‘risida topshiriq bergandi.

Yangiliklar lentasi
0