TOShKENT, 20 apr — Sputnik. Toshkent shahrida 2018-yil 1-noyabrga qadar sinov tariqasida transport vositalari uchun qog‘oz hujjatlarni bekor qilish, barcha tegishli ma’lumotlarni avtomobil egalarining ID —kartalariga kiritiladigan tizim ishga tushiriladi. Bu haqda Adliya vazirligining Telegramdagi kanalida xabar qilindi.
"Innovatsion loyihalarni amalga oshirish va idoraviy axborot tizimlarini jadal integratsiyalashuvining tashkiliy chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi prezident qarorida shuningdek, amaldagi davlat raqamlarini xalqaro namunadagi raqamlarga almashtirishni ko‘zda tutuvchi transport vositalarini hisobga qo‘yish tizimi joriy etilishi belgilangan.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda o‘tgan yilning oktabridan transport egalariga elektron haydovchilik guvohnomalari berish boshlandi.