Toshkentda ilk bor - Rossiya sanoat ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi

Obuna bo‘lish
“Expo-Russia Uzbekistan 2018” – bu davlat tomonidan qo‘llab quvvatlanayotgan birinchi yirik xalqaro ko‘rgazma bo‘lib, unda Rossiyaning 150dan ortiq yetakchi kompaniyalari ishtirok etishi kutilmoqda.

TOShKENT, 19 apr – Sputnik. Toshkentdaga Yoshlar Ijod saroyida 25-27 aprel kunlari Rossiya tovar ishlab chiqaruvchilarining birinchi ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi. Unda 150dan ortiq Rossiyalik tovar ishlab chiqaruvchilar ishtirok etadi.

“Bugungi kunda Rossiya kompaniyalari uchun eksport potensiali bo‘yicha O‘zbekiston birinchi o‘rinni egallab turibdi. Bunga mavjud bo‘lgan boy xom-ashyo bazasi hamda prezident Shavkat Mirziyoyev boshchiligida iqtisodni erkinlashtirishga qaratilgan siyosat sabab bo‘lmoqda, — deyilgan ko‘rgazma rasmiy sahifasida.  

Ko‘rgazma doirasida O‘zbekiston va Rossiya kompaniyalari vakillari ishtirokida to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar bo‘lib o‘tadi. Undan tashqari “Yandeks” tomonidan tashkil qilingan “O‘zbekiston mahsulotlarini Rossiyada internet orqali qanday sotish kerak” mavzusidagi seminari ham rejalashtirilgan.

Ko‘rgazma doirasida energetika va energiya tejash texnologiyalari, qishloq xo‘jaligi, transport, neft-kmiyo va kimyo sanoati, yog‘ochni qayta ishlash, telekommunikatsiya va aloqa, mashinasozlik, metallurgiya, qurilish, yuqori texnologiyalar va innovatsiyalar, ta’lim, bank sohasidagi ishlab chiqaruvchi va xizmat ko‘rsatuvchi kompaniyalar taidimot marosimlari bshlib o‘tishi rejalashtirilgan.

Yangiliklar lentasi
0