Surxondaryoda tojikistonlik chegarabuzar uyiga qaytarildi

© Sputnik / Yevgeniy BiyatovMujchina v naruchnikax
Mujchina v naruchnikax - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
2017 yil davomida o‘zbek-tojik chegarasida chegaradan bilmagan holda o‘tgan 25 nafar Tojikiston fuqarolari aniqlangan.

TOShKENT, 19 apr – Sputnik. O‘zbekistonlik chegarachilar chegarani bilmagan holda buzgan Tojikiston fuqarosini uyiga qaytarishdi, Chegarani qo‘riqlash qo‘mitasi xabariga asosan.

Muassasa xodimi so‘zlariga ko‘ra, Surxondaryo viloyatining Uzun tumanida ikki kun oldin chegaradan noqonuniy o‘tgan Tojikiston fuqarosi qo‘lga olingan edi. O‘tkazilgan tergov natijasida aniqlanishiga ko‘ra, chegarabuzar ruhiy kasalligi, chegarani bilmagan holda buzganligi va O‘zbekiston hududida noqonuniy harakat amalga oshirishni rejalashtirmagani aniqlangan.

“Ushbu vaziyatni hisobga olgan holda, chegarabuzarga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atishdan voz kechishga va uni Tojikistonlik hamkasabalarga topshirishga qaror qilindi. Bunday amaliyot ikki mamlakat do‘stona qo‘shnichilik ruhiga mos keladi”, — deyilgan xabarda.  

O‘zbekiston Chegarani qo‘riqlash xizmati xabariga ko‘ra, 2017-yil davomida o‘zbek-tojik chegarasida chegaradan bilmagan holda o‘tgan 25 nafar Tojikiston fuqarolari aniqlangan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston va Tojikiston umumiy chegarasining uzunligi 1,33 ming kilometrni tashkil qiladi. Bugungi kunga qadar ushbu masofaning 20% belgilanmagan.

Yangiliklar lentasi
0