TOShKENT, 19 apr — Sputnik. Yevropa aholisi yuqori texnologiyalarga ega bo‘lgan Google va Facebook kabi kompaniyalar u yoki bu siyosiy nuqtayi nazarni qo‘llab-quvvatlash uchun turli algoritmlardan foydalanishiga ishonadi.
Bu yaqinda o‘tkazilgan so‘rov natijalariga ko‘ra aniqlandi. Xususan, nemislarning 68%, Italiya va amerikaliklarning 60%, franzsuzlarning 57% va britaniyaliklarning 54% — Google va Facebook ma’lumotni birovlar siyosiy manfaati uchun o‘zgartirishiga ishonadi.
Shu bilan birga aholining juda kam qismi, ushbu axborot gigantlari tarqatayotgan ma’lumotning xolis va beg‘arazligiga ishonadi. Bundaylar soni AQShda — 16%, Britaniyada — 13%, Italiyada 15%, Germaniya va Fransiyada — 11%dan.
So‘rov, Ifop kompaniyasi tomonidan 2018-yilning 22 — 27-mart kunlari o‘tkazildi. Unda yoshi 18dan katta bo‘lgan 5029 nafar kishi ishtirok etdi. So‘ralganlar aholining jinsi, yoshi va turar joyi bo‘yida taqdim etadi. Har bir mamlakat uchun eng katta xatolik ehtimoli 3,1%ni, ishonchlilik ehtimoli 95 %ni tashkil qiladi.
Sputnik.Mneniya — jamoatchilik fikrini o‘rganishga qaratilgan xalqaro loyiha bo‘lib, o‘z faoliyatini 2015-yilning yanvarida boshladi. "Sputnik. Mneniya" so‘rovlar o‘tkazish bo‘yicha dunyoda yetakchi bo‘lgan Populus, IFop va Forsa kompaniyalari bilan hamkorlik qiladi. "Sputnik. Mneniya" doimiy ravishda AQSh va Yevropa mamlakatlarida eng dolzarb ijtimoiy va siyosiy muammolar bo‘yicha aholi fikrini o‘rganish bilan shug‘ullanadi.