Sahrodagi bu mo‘’jiza bizning nimalarga qodir ekanligimizning yana bir isbotidir - Mirziyoyev

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovShavkat Mirziyoyev na otkritii Kandimskogo GPZ
Shavkat Mirziyoyev na otkritii Kandimskogo GPZ - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Shavkat Mirziyoyev Markaziy Osiyodagi eng yirik obyektlardan bo‘lgan mazkur majmua muddatidan avval foydalanishga topshirilganini e’tirof etdi

TOShKENT, 19 apr — Sputnik. Bugun Buxoro viloyatidagi Qandim gazni qayta ishlash majmuasi ochilish marosimida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev ishtirok etdi. Davlat rahbari ushbu majmua qurilishida ishtirok etganlarga minnatdorlik bildirdi va mazkur loyihani do‘stlik va hamkorlikning yana bir ramzi deb atadi.

Shavkat Mirziyoyev Markaziy Osiyodagi eng yirik obyektlardan bo‘lgan mazkur majmua muddatidan avval foydalanishga topshirilganini e’tirof etar ekan, bu majmua qurilishida qatnashgan mutaxassislarning yuksak malaka va mahoratidan darak berishini ta’kidladi.

Gazovaya stansiya kompanii Lukoyl v Djarkuduke, Uzbekistan - Sputnik O‘zbekiston
Qandim gazni qayta ishlash zavodi ishga tushdi

"Roppa-rosa ikki yil ilgari bu yerda tamal toshi qo‘yilishida ishtirok etgandik, bugun esa, majmua muddatidan sakkiz oy oldin o‘z ishini boshlamoqda. Bu bilan faxrlansak arziydi, majmua naqadar yuksak ahamiyatga ega ekanligini esa so‘z bilan ifodalash qiyin. Biz yiliga 8 milliard kub metrdan ortiq tabiiy gazni qazib olish va qayta ishlash, tozalangan gaz olish hamda 130 ming tonnaga yaqin gaz kondensati olish imkoniga ega bo‘lamiz. Muhimi, ikki mingdan ortiq yangi ish o‘rni yaratildi, hudud esa zamonaviy ijtimoiy infratuzilmaga ega bo‘ldi", — dedi O‘zbekiston rahbari.

Mirziyoyev loyihaning barcha ishtirokchilariga minnatdorlik bildirdi hamda majmua mamlakat hayoti va ikki tomonlama hamkorlik munosabatlarida ulkan ahamiyat kasb etishini ta’kidladi.

"Bugun odamlarimiz o‘zgarmoqda, ularning mentaliteti, munosabati o‘zgarmoqda, muhit o‘zgarmoqda. Agar biz xalqimizga chin dildan xizmat qilsak, xalqimiz bizga albatta ishonadi. Ayniqsa, agar oldimizda turgan muammolarni hamkorlarimiz bilan birgalikda hal qilishga kirishsak bizning nimalarga qodir ekanligimizni sahrodagi mana bu mo‘’jiza yana bir bor isbotlaydi. Xalqimiz bag‘rikeng xalq. Xalqimiz sahroda mana shunday mo‘’jiza va zamonaviy majmua paydo bo‘lganini hech qachon unutmaydi", — dedi prezident.

Qandim gazni qayta ishlash majmuasi — bu ulkan ulkan sanoat kompleksi bo‘lib u yerda gazni qayta ishlash zavodidan tashqari 1150 kishiga mo‘ljallangan ishchilar shaharchasi, yo‘llar, terminallar, magistral gaz quvuri, elektr, suv tarmoqlari va boshqa infratuzilma obyektlari barpo qilingan.

Yangiliklar lentasi
0