Samarqandda migrantlarga arzon chipta sotadigan kassalar ishga tushirildi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovPokupka bileta
Pokupka bileta - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ushbu ixtisoslashtirilgan kassada vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun respublika tashqarisiga chiqib ketayotgan fuqarolarga extiyojidan kelib chiqib, temir yo‘l yoki avia chiptalarni 20 % chegirmada sotish yo‘lga qo‘yildi

TOShKENT, 19 apr — Sputnik. Joriy yil 1-apreldan boshlab Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi va uning hududiy filiallari huzurida ixtisoslashtirilgan kassalar tashkil etildi, deb xabar qildi Sputnik O‘zbekiston muxbiriga Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi Samarqand viloyati filiali direktori Abduaziz Xafizov.

Mejdugorodnie avtobusi - Sputnik O‘zbekiston
Mehnat migrantlarini tashish uchun yuz dona avtobus sotib olinadi
Ushbu choralar prezident tomonidan imzolangan "O‘zbekiston Resublikasi fuqarolarining vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun respublika tashqarisiga transportda chiqishda xavfsizligini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarori doirasida amalga oshirilmoqda.

"Samarqand viloyatida ixtisoslashtirilgan kassa Samarqand shahar, Bo‘stonsaroy ko‘chasi, 54-uy manzili (Samarqand viloyat IIBning qarama-qarshisi)da joylashgan binoda tashkil etildi. Ushbu ixtisoslashtirilgan kassada vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun respublika tashqarisiga chiqib ketayotgan fuqarolarga extiyojidan kelib chiqib, temir yo‘l yoki avia chiptalarni 20 % chegirmada sotish yo‘lga qo‘yilgan", — dedi Hafizov.

© Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi Samarqand viloyati filialiMigrantam prodayut bileti so skidkoy
Migrantam prodayut bileti so skidkoy - Sputnik O‘zbekiston
Migrantam prodayut bileti so skidkoy

Ta’kidlanishicha, "Aloqabank" AT tomonidan soddalashtirilgan tartibda, minimal komissiyali "VIZA MIGRANT" plastik kartochkasi joriy etilib, yilda bir marta chipta harajatlarining 300 ming so‘mi qoplab berilishi ham yo‘lga qo‘yilgan.

Bundan tashqari, ixtisoslashtirilgan kassada sug‘urta kompaniyasi tomonidan imtiyozli tariflarda fuqarolarning hayoti va sog‘ligi sug‘urtalanadi.

O‘zbekiston migratsiya siyosati - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston migratsiya siyosati
Yuqoridagi xizmatlardan foydalanish uchun fuqarolar avvalambor Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligining ma’lumotlar bazasidan ro‘yxatdan o‘tishi lozim bo‘lib, 3 kundan so‘ng maxsus kassaga murojaat qilib, imtiyozli chiptalar olishi mumkin.

Fuqarolarga qulaylik yaratish maqsadida hududiy Bandlikka ko‘maklashish markazlari qoshida sektorlar tashkil etildi. Sektorlar fuqarolarni ma’lumotlar bazasiga ro‘yxatga olish, tushuntirish ishlari, ya’ni targ‘ibot ishlari bilan shug‘ullanadi.

"Ushbu qarorni qabul qilishdan maqsad shundaki vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun respublika tashqarisiga chiqishda manziliga qadar xavfsiz yetib olishi, yo‘l davomida yo‘l-transport xodisalarini oldini olishga qaratilgan. Bugungi kunda 300 dan ortiq fuqarolar tegishli tartibda ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lib, shundan 92 nafariga o‘zlariga qulay bo‘lgan yo‘nalishlarga chiptalar sotilgan", dedi Hafizov.

Yangiliklar lentasi
0