O‘zbekistonda dori preparatlari qat’iy retsept asosida sotilishi kerak - Ibragimova

© Sputnik / Said Sarnayev / Mediabankka o‘tishProdaja lekarstv v apteke
Prodaja lekarstv v apteke - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Dori vositalari va tibbiy buyumlar siyosati Markazi direktori Muhabbat Ibragimova aptekalarda dori vositalari sotilishi bo‘yicha talablarning kuchaytirilishi haqida ma’lumot berdi

TOShKENT, 19 apr — Sputnik. O‘zbekistonda Yevropa davlatlarida kabi elektron retsept tizimi ishga tushiriladi, ya’ni shifokorlar bemorlarga yozib beradigan retseptlar to‘g‘ridan-to‘g‘ri aptekalarga kelib tushadi, dedi 18-mart kuni Toshkent shahridagi Farmatsevtika institutida o‘tkazilgan anjumanda O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi qoshidagi Dori vositalari va tibbiy buyumlar siyosati Markazi direktori Muhabbat Ibragimova.

Ibragimovaning aytishicha, ijtimoiy ahamiyatga ega dorilar, shuningdek, ijtimoiy aptekalarda ham barcha preparatlar qat’iy retsept asosida sotilishi kerak.

Medikamenti i preparati dlya zdorovya v meditsinskom punkte - Sputnik O‘zbekiston
Shavkat Mirziyoyev dori vositalarini arzonlashtirish bo‘yicha yangi qarorni imzoladi
"O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan imzolangan "Farmatsevtika tarmog‘ini jadal rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar" to‘g‘risidagi qarori asosida prokuratura, mutaxassilar va Oliy Majlis hamkorligida O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat va ma’muriy kodeksiga birinchi shalda dori vositalarini qoidalarga muvofiq tavsiya etmaydigan — ya’ni qog‘ozga yozib beradigan shifokorlar uchun jazo choralarini belgilash to‘g‘risida qonun loyihasi tayyorlandi. Shuningdek, aptekalar xodimlariga nisbatan ham ular dorilarni retsept asosida sotmaydigan bo‘lsa, jazo choralari belgilanadi", — dedi Ibragimova.

Ibragimovaga ko‘ra, ayni vaqtda O‘zbekistonda elektron retsept tizimini joriy etish bo‘yicha zarur chora-tadbirlar ko‘rilmoqda.

"Elektron hujjatlar muomalasi joriy etilsa dori vositalarining bozorga kirib kelishidan tortib bemorning og‘ziga tushishigacha bo‘lgan jarayon hisobga olinadi", — dedi ekspert.

Yangiliklar lentasi
0