Roskomnadzor rahbari Jarov: 2018-yil oxiriga qadar Facebook kompaniyasini tekshiramiz

© Sputnik / Natalya Seliverstova / Mediabankka o‘tishSotsialnaya set "Feysbuk"
Sotsialnaya set Feysbuk - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘tgan haftada Moskva Taganskiy sudi Roskomnazdorning Telegramni blokirovka qilish haqida da’vo arizasini qanoatlantirgandi.

TOShKENT, 18 apr — Sputnik. Shu yil yakuniga qadar Rossiyada Facebook tekshiruvdan o‘tkaziladi. Bu haqda Roskomnadzor rahbari Aleksandr Jarov "Izvestiya" gazetasiga bergan intervyuda ma’lum qildi.

"2018 yilning oxiriga qadar Facebook kompaniyasini tekshiramiz, hamda bajarilishi lozim bo‘lgan bir necha bandlar bor: Rossiya hududida rossiyalik fuqarolar ma’lumotlar bazasining mahalliylashtirilishi, barcha taqiqlangan ma’lumotning o‘chirib yuborilishi va boshqa qonunlarga rioya etilishi. Agarda bulardan birontasi yoki hech narsa bajarilmasa, yoki Rossiya davlati bunday harakatlar amalga oshirilishi haqida xabar etilmasa, bloklash haqidagi masala dolzarb ahamiyatga ega bo‘ladi", — deya aytib o‘tdi Jarov.

Devushka derjit v rukax mobilniy telefon - Sputnik O‘zbekiston
Telegramsiz Rossiya: ommabop messenjer blokirovka qilinsa nima bo‘ladi

Uning so‘zlariga ko‘ra, hozir ijtimoiy tarmoq kompaniyasi talablarni bajarish muddatlarida kech qolmoqda. Agar ular bajarilmasa va kompaniya vakillari hukumatga o‘z harakatlari haqida axborot berishmasa, Telegram kabi blokirovka qilish masalasi yuzaga keladi.

Bundan tashqari, Jarov Facebook rahbariyati bilan "maxsus munosabat" bo‘yicha xususiy ayblovlarga qaramasdan bunday munosabatlar yo‘q. Fevral oyida tomonlar Roskomnadzorning pozitsiyasini muhokama qilishdi.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan haftada Moskva Taganskiy sudi Roskomnazdorning Telegramni blokirovka qilish to‘g‘risidagi da’vo arizasini qanoatlantirgandi. Yaqin vaqtlarda ushbu yuklama AppStore va GooglePlay dan olib tashlanadi.

Yangiliklar lentasi
0