O‘zbekistonning eng yaxshi farmatsevtlariga "oltin yulduzcha" mukofoti topshirildi

© Dilshoda Raxmatova / Dilshoda RaxmatovaUchastnitsa Farmatsevticheskoy konferensii Uzbekistana
Uchastnitsa Farmatsevticheskoy konferensii Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Oltin yulduzcha mukofoti yilning eng yaxshi aptekasi, ishlab chiqaruvchisi, eng yaxshi ish beruvchisi va boshqa qator nominatsiyalar bo‘yicha o‘z egalariga topshirildi

TOShKENT, 18 apr — Sputnik. Toshkent shahridagi Farmatsevtika institutida o‘tkazilgan O‘zbekistondagi 1-farmatsevtika anjumanida O‘zbekiston tarixida birinchi marta turli nominatsiyalar bo‘yicha "Pharmclub 2017" esdalik mukofotlarini topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi, deb xabar qildi Sputnik O‘zbekiston muxbiri.

Medikamenti i preparati dlya zdorovya v meditsinskom punkte - Sputnik O‘zbekiston
Shavkat Mirziyoyev dori vositalarini arzonlashtirish bo‘yicha yangi qarorni imzoladi

Tadbir boshlovchilarining aytishicha, "eng yaxshi"larni aniqlash jarayonida butun O‘zbekiston bo‘yicha 5 milliondan ziyod odam qatnashgan va ovoz bergan.

Demak:

"Yilning ishonchli hamkori" nominatsiyasi — Cardio-Pharm

"Yilning eng yaxshi ish beruvchisi" — SP OOO "Samarkand England Eco-Medical"

"Yilning eng yaxshi apteka dizayni" - "A5" aptekalar tarmog‘i

"Yilning eng yaxshi logotipi" — "Tabletka" aptekalar tarmog‘i

"Eng yaxshi apteka servisi" — "Shoh Farm" aptekalar tarmog‘i

"Jadallik bilan rivojlanayotgan ishlab-chiqaruvchi kompaniya" — OOO "Lafz" 

"Yilning eng keng assortimenti" nominatsiyasida — "Zamin Farm" aptekalar tarmog‘i

"Yilning eng yaxshi mudirasi" — Sayyora Dalerbayeva OOO "Profarm"

"Mijozlar talabiga javob beradigan apteka" — "Ozon" aptekalar tarmog‘i o‘zbekistonliklar tomonidan eng yaxshilar sifatida tan olingan.

Shuningdek, quyidagi asosiy nominatsiyalar bo‘yicha g‘oliblar nomi e’lon qilindi:

"Yilning eng yaxshi ishlab chiqaruvchisi" - "Nobel Farmsanoat"

Medikamenti i preparati dlya zdorovya v meditsinskom punkte - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonga ijtimoiy ahamiyatga ega dori-darmonlar tendersiz va kvotasiz olib kelinadi

 "Eng yaxshi aptekalar tarmog‘i" — "Tri devatki" aptekalar tarmog‘i

"Yil mahsuloti" — to‘qqizda mahsulot orasida "Magvit V6" (Nika Farm)eng yaxshi mahsulot deb topildi

"Yilning eng yaxshi aptekasi" — "Vitaminka" (Andijon).

Tadbir so‘ngida barcha g‘oliblar esdalik uchun suratga tushdilar va barcha o‘zbekistonliklarga "hamisha salomat bo‘ling", deya tilak bildirdilar.

Yangiliklar lentasi
0