O‘zbekistondagi 1300dan ortiq maktabga zamonaviy kompyuter majmuasi beriladi

© Press slujba Minobrazovaniya UzbekistanaUchenisi uzbekskoy shkoli
Uchenisi uzbekskoy shkoli - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ushbu komplekt o‘qituvchi uchun kompyuter va printer, o‘quvchilar uchun kompyuterlar, interaktiv doska, proyektor, konditsioner, stabilizator, kabel va tarmoq uskunalaridan iborat

TOShKENT, 18 apr — Sputnik. Respublika miqyosida 1303 ta umumta’lim maktabiga Xitoy Xalq Respublikasi granti asosida zamonaviy kompyuter texnikasi majmuasi yetkazib beriladi, deb xabar berdi Xalq ta’limi vazirligi axborot xizmati.

Xabarda aytilishicha, O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2017-yil may oyida Xitoyga qilgan davlat tashrifi doirasida "Umumta’lim maktablarining 5-9 sinflarida informatika va chet tili fanlarini o‘qitishning sifatini oshirish (1-bosqich)" loyihasini amalga oshirish uchun grant mablag‘larini ajratish bo‘yicha kelishuv amalga oshirildi.

V Uzbekistane nachali testirovat novuyu shkolnuyu formu - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda yangi maktab formasini sinovdan o‘tkazish boshlandi

Mazkur kelishuv asosida ikki davlat o‘rtasida amalga oshirilayotgan loyiha doirasida respublika miqyosida umumta’lim maktablarining informatika va chet tili xonalarini jihozlash uchun 1303 komplekt zamonaviy kompyuter texnikasi majmuasini yetkazib berish ko‘zda tutilgan. Ushbu komplekt o‘qituvchi uchun kompyuter (printer bilan), o‘quvchilar uchun kompyuterlar, interaktiv doska, proyektor, konditsioner, stabilizator, kabel va tarmoq uskunalaridan iborat.

Bugun Sergeli tumanidagi 55-maktabda mazkur loyiha doirasida zamonaviy kompyuter va AKT vositalari bilan jihozlangan dastlabki maktabning tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Xalq ta’limi vaziri Ulug‘bek Inoyatov va Xitoyning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Szan Yan ishtirok etdi.

"Umumta’lim maktablarining 5-9 sinflarida informatika va chet tili fanlarini o‘qitishning sifatini oshirish (1-bosqich)" loyihasi asosida O‘zbekistondagi umumta’lim maktablari umumiy qiymati 108,8 mln yuan (17 mln. dollar) miqdorida 18 886 dona zamonaviy kompyuter, 1303 komplekt interaktiv doska va proyektorlar bilan jihozlanadi.

Yangiliklar lentasi
0