Dixtar: birgina yodgorliklarning o‘zi bilan turizmni rivojlantirib bo‘lmaydi

© Iz lichnogo arxiva S.DixtarDirektor instituta gostinichnogo biznesa i turizma RUDN Svetlana Dixter
Direktor instituta gostinichnogo biznesa i turizma RUDN Svetlana Dixter - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Yetti davlatning sakkiz oliy o‘quv yurti hamkorlikda mintaqa turistik salohiyatini o‘rgandi va o‘zaro tajriba almashdi

TOShKENT, 18 apr — Sputnik. O‘zbekiston turizmni rivojlantirish bo‘yicha Markaziy Osiyo davlatlari ichida eng yuqori salohiyatga ega davlat, dedi Rossiya Xalqlar do‘stligi universiteti mehmonxona biznesi va turizm instituti direktori Svetlana Dixtar Sputnik muxbiri bilan suhbatda. Ammo uning fikricha, ushbu soha rivojlanishi uchun malakali mutaxassislar kerak.

Turisti v Uzbekistane - Sputnik O‘zbekiston
Mutaxassis: O‘zbekiston turizmdan yiliga 15 mlrd dollar daromad olishi mumkin

"Afsuski, mamlakatda mavjud turizm salohiyatidan to‘laqonli foydalanilmayapti. Birinchi navbatda ushbu sohada ishlayotgan va ishlaydigan mutaxassislar haqida o‘ylash kerak. Chunki malakali mutaxassislar bo‘lmasa, jozibali tarixiy yodgorliklarning o‘zi bilan turistlar oqimini ko‘paytirishning iloji yo‘q", — dedi u.

Uning aytishicha, o‘tgan yili Ipak yo‘lida joylashgan davlatlarda turizmni rivojlantirish bo‘yicha katta ilmiy loyihaga qo‘l urildi. Yetti davlatning sakkiz oliy o‘quv yurti hamkorlikda mintaqa turistik salohiyatini o‘rgandi va o‘zaro tajriba almashdi. Loyiha bu yil ham davom etadi va turli ekspeditsiyalar tashkil etiladi. O‘zbekistondan mazkur loyihada Samarqand iqtisodiyot va servis instituti ishtirok etmoqda.

Loyiha doirasida shu yilning kuzida katta simpozium o‘tkazilishi reajalashtirilgan.

Yangiliklar lentasi
0