IIV aholidan nobiometrik pasportlarni 1-iyulgacha almashtirishni so‘ramoqda

© Sputnik / Vadim ShekunPasport grajdanina Uzbekistana
Pasport grajdanina Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Biometrik pasportga ega bo‘lmagan fuqarolardan joylardagi migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish xizmatlaridagi biometrik ma’lumotlarni yig‘ish punktlariga murojaat etishlari hamda nobiometrik pasportlarni o‘z vaqtida almashtirishlari so‘ralmoqda

TOShKENT, 18 apr – Sputnik. O‘zbekiston Respublikasi IIV Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bosh boshqarmasi va uning quyi xizmatlari tomonidan aholini biometrik pasportlar bilan ta’minlash ishlari davom ettirilmoqda, deb xabar berildi IIV saytida.

Xabarda aytilishicha, nobiometrik pasportlarni almashtirish muddati 2018-yil 1-iyul etib belgilangan bo‘lib, biometrik pasportga ega bo‘lmagan fuqarolar ushbu muddatni kutmasdan doimiy ro‘yxatdan o‘tgan manzillaridagi migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish xizmatlariga zaruriy hujjatlar bilan murojaat etishlari va biometrik pasport olishlari mumkin.

Pasport kuchi - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbek pasportining kuchi

"Hozirgi kunda aholiga qulayliklar yaratish maqsadida, joylardagi biometrik ma’lumotlarni yig‘ish punktlariga jismoniy imkoniyati cheklanganligi sababli yetib kela olmaydigan fuqarolar uchun mobil qurilmalar yordamida biometrik pasport rasmiylashtirish imkoniyati mavjud", — deyiladi xabarda.

Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bosh boshqarmasi pasporti bo‘lishi shart bo‘lgan fuqaroning pasportsiz yoki haqiqiy bo‘lmagan pasport bilan yashash O‘zbekiston Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 223-moddasida belgilangan tartibda jarima solinishiga sabab bo‘lishini eslatib o‘tdi.

Shu sababli biometrik pasportga ega bo‘lmagan fuqarolardan joylardagi migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish xizmatlaridagi biometrik ma’lumotlarni yig‘ish punktlariga murojaat etishlari hamda nobiometrik pasportlarni o‘z vaqtida almashtirishlari so‘ralmoqda.

Yangiliklar lentasi
0