Bloxin: AQSh Rossiyaga qarshi axborot-psixologik urushni boshladi

© SputnikPolitolog Konstantin Bloxin
Politolog Konstantin Bloxin - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiya va AQSh o‘rtasidagi navbatdagi eslakatsiyaning o‘tkir tus olishi Sharqiy G‘uddadagi Duma shahrida kimoviy quroldan foydalanganlik haqidagi xabarlardan keyin yuz berdi

TOShKENT, 18 apr — Sputnik. AQSh Rossiyaga qarshi axborot-psixologik urushni boshladi, dedi Sputnik radiosi efirida amerikashunos ekspert Konstantin Bloxin.

Gorod Solsberi v Velikobritanii, gde bili otravleni S. Skripal i yego doch - Sputnik O‘zbekiston
Lavrov portlatgan bomba Britaniya hukumatini vayron qilmoqda
Ilgariroq G‘arb mamlakatlari rasmiy Damashqni suriyalik harbiylar go‘yoki xlorli bombani qo‘llashganida aybladi. Moskva ushbu xabarlarni inkor etmoqda.

Ushbu voqealar fonida Donald Tramp ma’muriyatining radikallashuvi tushunarli hol, deb hisoblaydi R Fanlar Akademiyasining havfsizlik masalalarini tadqiq qilish markazi eksperti, amerikashunos Konstantin Bloxin.

"Amerika prezidenti mamlakat Davlat kotibi lavozimiga Pompeoni tanlab olgani esa buning yaqqol dalilidir", — deb qo‘shimcha qildi ekspert.

"Pompeoning hozirgi bayonoti shu paytgacha Rossiyaga nisbatan bo‘lgan munosabatlarning barchasi "xamir uchidan patir" bo‘lganidan dalolat bermoqda. Mana endi esa AQSh Rossiya bilan jiddiy shug‘ullanishga kirishgan va so‘nggi amalga oshirayotgan tashabbuslari ham aynan shu munosabat bilan qilinmoqda. Ular go‘yoki, biz Rossiya bilan jiddiy shug‘ullanmaganmiz, u bizga kerak emas edi, Rossiyaga nisbatan mana endi haqiqiy siyosatimiz boshlanmoqda demoqchiday. Bu qisman axborot-psixologik urushi. Biz Sovuq urush-2.0 qanday avj olayotganiga guvoh bo‘lmoqdamiz. Bizga Shimoliy Koreyaga singari bosim o‘tkazishmoqda. Bizni mustahkamligimizni tekshirishmoqda, bizni sinashmoqda, bizni ichki tomondan zaiflashtirishga, hadik kayfiyatiga tushirib qo‘yishga intilishmoqda. Ular bizning xalqimiz bularga javoban matonat va jasoratni namoyon etishlarini tushunishmayapti", — sdedi Konstantin Bloxin Sputnik radiosi efirida.

Yangiliklar lentasi
0