O‘zbekiston Havo hujumidan mudofaa bo‘yicha MDH davlatlari bilan bitim tuzish niyatida

© Sputnik / Mixail MokrushinUcheniya PVO
Ucheniya PVO - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bitim O‘zbekistonga qo‘shni bo‘lgan mamlakatlar: Qirg‘iziston, Turkmaniston, Tojikiston va Qozog‘iston bilan imzolanishi kutilmoqda

TOShKENT, 18 apr — Sputnik. O‘zbekiston havo hujumidan mudofaa bo‘yicha MDHdagi qo‘shni mamlakatlar bilan ikki tomonlama bitimlarni imzolashni rejalashtirmoqda, deb xabar qildi O‘zbekiston HHM va HHK qo‘shinlari qo‘mondoni, respublika Mudofaa vaziri o‘rinbosari Ahmad Burxonov.

"Bugungi kunda barcha qo‘shnilar bilan hamkorlik masalalarini ko‘rib chiqmoqdamiz va ko‘rib chiqamiz… ehtimol yaqin vaqt oralig‘ida Qozog‘iston bilan HHM masalalarida ikkiyoqlama hamkorlik bo‘yicha hujjatni imzolaymiz", — deya iqtibos keltiradi RIA Novosti vazir gaplaridan.

Delegatsiya Minoboroni Rossii rasskazala Uzbekistanu o reformax v VS - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonga Rossiya harbiy delegatsiyasi tashrif buyurdi
Shuningdek, Burxonovning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasining barcha qolgan qo‘shnilari — Qirg‘iziston, Turkmaniston, Tojikiston bilan ham xuddi shunday bitimlarni imzolash rejalashtirilmoqda.

Shu bilan birga Rossiya Respublikaning eng muhim strategik hamkori bo‘lib qolmoqda, — deb ta’kidlagan Burxonov.

"Biz oxirgi yillarda ochiq siyosat olib bormoqdamiz, biz barcha masalalarda, shu jumladan mudofaa masalalarida ham Markaziy-Osiyo mintaqasi, ya’ni o‘z qo‘shnilarimizni ustuvor ko‘ramiz", — deb qayd etgan vazir o‘rinbosari.

Majlis ochilish marosimida O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vaziri Abdusalom Azizov mamlakat MDHdagi barcha davlatlar bilan munosabatlarni "Xalqaro tan olingan huquq tamoyillari va normalarini inobatga olgan holda, o‘zaro manfaatlilik, teng huquqlik va boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan nizolarni tinchlik yo‘li bilan hal etish" prinsiplari asosida qurishini ma’lum qildi.

O‘zbekiston Harbiy muassasasi rahbari so‘zlariga ko‘ra, aynan mana shu prinsiplar O‘zbekistonning yangi Mudofaa doktrinasi asosi etib belgilangan.

Yangiliklar lentasi
0