TOShKENT, 17 apr – Sputnik. "Uralskie avialinii" kompaniyasi Moskvadan Qarshiga yangi reys yo‘lga qo‘yilishini ma’lum qildi.
Kompaniya saytida bildirilishicha, shu yil 2-maydan Moskva (Domodedovo) – Qarshi yo‘nalishi bo‘yicha parvozlar amalga oshirila boshlanadi. Samolyotlar Moskvadan Qarshiga seshanba va chorshanba kunlari, Qarshidan Moskvaga esa seshanba va payshanba kunlari parvoz qiladi.
Barcha parvozlar "Biznes" va "Ekonom" toifasidagi salonlar bilan jihozlangan Airbus avialaynerlarida amalga oshirilishi aytilmoqda.
Saytdagi ma’lumotga ko‘ra, Moskvadan Qarshiga aviabiletni 9 ming rubl (bugungi kurs bo‘yicha 147 dollar)ga sotib olish mumkin.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya Transport vazirligi O‘zbekistonga parvozlar sonini ikki barobarga ko‘paytirish bo‘yicha kelishuvga erishilganini ma’lum qilgandi.