Prezident bo‘lsa-bo‘lmasa paxta ekaverishni tanqid qildi

Obuna bo‘lish
Sirdaryo viloyatida 20 ming gektar paxta maydoni qisqartirilib, bu yerda anor, uzum, no‘xat, raps, soya, achchiq qalampir kabi xaridorgir meva-sabzavotlar ekiladi

TOShKENT, 14 apr — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Sirdaryo viloyatiga tashrifi chog‘ida qishloq xo‘jaligida tarkibiy o‘zgarishlar davom ettirilishi, hosildorligi kam yerlarda paxta qisqartirilishini ta’kidladi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Shavkat Mirziyoyev vo vremya poyezdki v Sirdarinskuyu oblast - Sputnik O‘zbekiston
Prezident Sirdaryoga tashrifini Mirzaobod tumanidan boshladi

"Bo‘lsa-bo‘lmasa paxta ekaverish, uni arzon narxda xomashyo sifatida sotish — iqtisodiyotni tushunmaslik. Endi paxtani faqat rentabelligi bor joylarda ekamiz. Xudo xohlasa, ikki-uch yildan keyin bir kilo paxtamizni ham chetga sotmaymiz. Zamonaviy korxonalar tashkil etib, yurtimizda qayta ishlaymiz, qo‘shimcha qiymatli tayyor mahsulot qilib sotamiz",- dedi Shavkat Mirziyoyev.

Xabarda aytilishicha, Sirdaryo viloyatida 20 ming gektar paxta maydoni qisqartirilishi, bu yerda anor, uzum, no‘xat, raps, soya, achchiq qalampir kabi xaridorgir meva-sabzavotlar ekilishi qayd etildi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston rahbari 13-aprel kuni Sirdaryo viloyatiga tashrif buyurdi hamda viloyatda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar bilan tanishdi.

Yangiliklar lentasi
0