Shavkat Mirziyoyev tahsil olgan maktabda yangi rus tili sinflari ochildi

© Russkaya gumanitarnaya missiyaOtkritie klassa russkogo yazika v shkole Uzbekistana
Otkritie klassa russkogo yazika v shkole Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
"Sharq ayoli" xalqaro jamoat jamg‘armasi va "O‘zbekiston havo yo‘llari" milliy aviakompaniyasi ko‘magida Rus gumanitar missiyasi tomonidan ushbu loyiha amalga oshirildi.

TOShKENT, 13 apr — Sputnik. Jizzax viloyatining Zomin tumanida joylashgan O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev o‘qigan 60-sonli maktabda tantanali ravishda ikkita rus tili sinflari ochildi. Bu kabi sinflar Buxorodagi 2-sonli maktabda ham paydo bo‘ldi.

Maktab kutubxonasiga rus tilidagi bolalalar kitoblari taqdim etildi.

"Yarim yil avval 2-sonli maktab direktori Zamira Shirinovna Axmedova Jizzax viloyatida "Rus gumanitar missiya"si tomonidan sinflar ta’mirlab, jihozlab berilganligini eshitib, so‘rov tuzadi va bizning o‘zbek sheriklarimiz — "Sharq ayoli" xalqaro jamoat tashkilotiga jo‘natdi. O‘z navbatida hamkasblarimiz bu haqda bizga ma’lum qilishdi. Hammasi ro‘yobga chiqdi: hozir ikki mingdan ortiq o‘quvchilar tahsil olayotgan ikkinchi maktab proyektor, interaktiv doska, kompyuter va zamonaviy mebel bilan jihozlandi. Hatto yangi bolalar kutubxonasi ham bor. Maktab o‘quvchilari tantanali chiqishlar tayyorlab qo‘yishdi: ular rus tilida she’rlar aytib, raqsga tushishdi. Biz chin dildan bolalarga qiziqarli va samarali bilim olishlarini tilaymiz. Albatta bolalar kitoblarini olib kelishga yordam bergan — O‘zbekiston milliy aviakompaniyasiga ham minnatdorchilik bildiramiz", — deb ta’kidladi Sputnik tahririyatiga Rus gumanitar missiyasi vakili Lyudmila Nikitina.

© Russkaya gumanitarnaya missiyaOtkritie klassa russkogo yazika v shkole №2 v Buxare
Otkritie klassa russkogo yazika v shkole №2 v Buxare - Sputnik O‘zbekiston
Otkritie klassa russkogo yazika v shkole №2 v Buxare
© Russkaya gumanitarnaya missiyaOtkritie klassa russkogo yazika v shkole №60 Zaaminskogo rayona Djizakskoy oblasti
Otkritie klassa russkogo yazika v shkole №60 Zaaminskogo rayona Djizakskoy oblasti  - Sputnik O‘zbekiston
Otkritie klassa russkogo yazika v shkole №60 Zaaminskogo rayona Djizakskoy oblasti
© Russkaya gumanitarnaya missiyaKlass russkogo yazika v shkole №60 Zaaminskogo rayona Djizakskoy oblasti
Klass russkogo yazika v shkole №60 Zaaminskogo rayona Djizakskoy oblasti - Sputnik O‘zbekiston
Klass russkogo yazika v shkole №60 Zaaminskogo rayona Djizakskoy oblasti
© Russkaya gumanitarnaya missiyaOtkritie klassa russkogo yazika v shkole №2 v Buxare
Otkritie klassa russkogo yazika v shkole №2 v Buxare - Sputnik O‘zbekiston
Otkritie klassa russkogo yazika v shkole №2 v Buxare

"Sharq ayoli" xalqaro jamoat jamg‘armasi va "O‘zbekiston havo yo‘llari" milliy aviakompaniyasi ko‘magida Rus gumanitar missiyasi tomonidan ushbu loyiha amalga oshirildi.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili Rus gumanitar missiyasi O‘zbekistonda 8 ta maktabda bir nechta rus tilini o‘rganish bo‘yicha sinflar va maktab kutubxona fondlarini adabiyotlar bilan to‘ldirib berdi.

Yangiliklar lentasi
0