Rosatom O‘zbekiston bilan atom stansiyasini qurish masalasini muhokama qilmoqda

© AFP 2023 / ERIC PIERMONTEmblema Rosatoma, arxivnoe foto
Emblema Rosatoma, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiya va O‘zbekiston yaqin vaqtlarda atom stansiyasini qurish to‘g‘risida bitim imzolanadi. Shuningdek, Saudiya Arabiston bilan ham ish olib borilmoqda.

TOShKENT, 13 apr — Sputnik. "Rosatom" O‘zbekiston hukumati bilan respublikada atom stansiyasini qurish to‘g‘risidagi bitim muhokama qilinmoqda. Bu haqda davlat korporatsiyasi bosh direktori Aleksey Lixachev ma’lum qildi.

Maket reaktora Brest - Sputnik O‘zbekiston
Rossiya va O‘zbekiston orasida tinch atom shartnomasi kuchga kirdi

"Hozir biz O‘zbekiston hukumati bilan stansiyasi qurish to‘g‘risidagi hukumatlararo bitimga chiqish masalasini muhokama qilmoqdamiz", — deb ta’kidladi Lixachev Rossiya bosh vaziri Dmitriy Medvedev bilan uchrashuv chog‘ida.

"Rosatoma" rahbari Vazirlar Mahkamasi va TIV ko‘magida kelgusida elektr stansiyalar qurishni istak bildirgan davlatlarning ro‘yxati kengayishiga umid bildirdi, deb yozadi RIA Novosti.

"Bu borada Saudiya Arabiston va O‘zbekiston bilan ish olib bormoqdamiz. Garchi bu O‘zbekiston uchun yangi ish emas, umuman olganda, sovet davrida bu yerda atom tarmog‘idagi ilmiy-tadqiqot reaktorlari ishlagan. Biroq yirik atom stansiyasi u yerda yo‘q", — deb ta’kidladi Lixachev.

Yangiliklar lentasi
0