O‘zbekiston termasi FIFA reytingida pastlab ketishining sababi nimada

Obuna bo‘lish
O‘zbekiston Futbol assotsiatsiyasi milliy terma jamoasi reytingi nima uchun bunchalik keskin pasayib ketganligi bo‘yicha izoh berdi

TOShKENT, 13 apr – Sputnik. Kecha FIFA milliy terma jamoalarning aprel oyidagi reytingini e’lon qildi. Unga ko‘ra O‘zbekiston milliy terma jamoasi birdaniga 18 pog‘ona pastlab, 88-o‘rinni egalladi.

O‘zbekiston Futbol assotsiatsiyasi milliy terma jamoasi reytingi nima uchun bunchalik keskin pasayib ketganligi bo‘yicha izoh berdi.

"Ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha milliy terma jamoamiz Osiyoda 13-pog‘onada bormoqda. FIFA reytingiga nazar tashlaydigan bo‘lsak, avvallari doimo FIFA reytingida bizdan pastroqda bo‘lgan Qirg‘iziston, Ummon, Falastin kabi terma jamoalar O‘zbekistondan yuqorida joylashishgan. Buning sababi nimada?", — deyiladi O‘FA izohida.

Sbornaya Uzbekistana po futbolu v matche s Yujnoy Koreyey - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston terma jamoasi FIFA reytingida 5 pog‘onaga yuqoriladi

Tushuntirish berilishicha, o‘rtoqlik uchrashuvlari FIFA reytingida eng kichik musobaqa maqomiga ega bo‘lib, koeffitsenti 1ga teng. Undan keyin jahon chempionati yoki qit’a chempionati saralash musobaqasi bo‘lib, uning koeffitsenti 2,5 ga teng. Qit’a chempionati va FIFA Konfederatsiyalar kubogi kabi musobaqalarning final bosqichlari koeffitsenti 3ga teng bo‘lsa, eng yirik musobaqa sifatida jahon chempionati final bosqichi hisoblanadi, uning koeffitsenti 4ga teng.

Ochkolarni hisoblash jarayonida raqib jamoaning reytingdagi o‘rni va uning konfederatsiyasi koeffitsenti ham muhim ahamiyatga ega. Misol tariqasida, KONMEBOL, ya’ni Janubiy Amerika jamoalari bilan o‘tkazilgan har qanday uchrashuv eng ko‘p ochko beradi, ya’ni koeffitsenti 1ga teng. Yevropa jamoalari 0,99, Osiyo, Afrika, Okeaniya va KONKAKAF jamoalarining koeffitsenti 0,85ga teng.

"Mana shu jihatlarni inobatga oladigan bo‘lsak, O‘zbekiston MTJ nima sababdan bu qadar reytingda pastga tushgani oydinlashadi. Biz mart oyida Afrika terma jamoalari bilan 2ta o‘yin o‘tkazib, bitta durang, bitta mag‘lubiyat qayd etdik. Senegalga qarshi o‘yindagi durang terma jamoamizga ochkolar taqdim etdi. Agar O‘zbekiston mart oyidagi FIFA kunlarida o‘rtoqlik o‘yinlari o‘tkazmaganida, FIFA reytingida bundan ham pastroq o‘rinlardan joy olgan bo‘lardi", deyiladi izohda.

Izohlanishicha, FIFA reytingida eng ko‘p yuqorilashga muvaffaq bo‘lgan Qirg‘iziston terma jamoasi Myanma va Hindiston bilan o‘ynagan bo‘lsada, lekin musobaqaning muhimligi jihatidan o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazgan terma jamoalar, shu jumladan, O‘zbekiston terma jamoasiga nisbatan 2,5 barobar ko‘p ochko olgan.

Yangiliklar lentasi
0