O‘zbekistonning tashqi savdodagi asosiy hamkorlari ma’lum qilindi

© Sputnik / Stanislav Savin / Mediabankka o‘tishTransportno-logisticheskiy kompleks
Transportno-logisticheskiy kompleks - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
MDH davlatlari orasida Rossiya, Qozog‘iston, Belarus, Ukraina, Tojikiston va Qirg‘iziston tashqi savdo aylanmasida asosiy hamkorlar hisoblanadi

TOShKENT, 13 apr – Sputnik. O‘zbekistonning tashqi savdodagi asosiy hamkorlari Rossiya, Qozog‘iston va Xitoy bo‘lib turibdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi hisobotida ma’lum qilindi.

Unda aytilishicha, respublikada tashqi savdo aylanmasi 2018-yil yanvar-mart oylarida 7,9 mlrd dollarni, shu jumladan eksport 4,1 mlrd dollarni va import 3,8 mlrd dollarni tashkil qildi.

Rukopojatie - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston Afg‘onistonga eksport hajmini uch milliard dollarga yetkazmoqchi

“Tashqi savdo MDH davlatlari orasida Rossiya, Qozog‘iston, Belarus, Ukraina, Tojikiston va Qirg‘iziston davlatlari tashqi savdo aylanmasida asosiy hamkorlar hisoblanib, ularning jami tashqi savdo aylanmasidagi ulushi 30,3 %ni tashkil qildi”, — deyiladi hisobotda.

O‘tgan uch oy davomida tashqi savdo aylanmasida Rossiyaning ulushi 18,6%, Xitoyning ulushi 17,4% va Qozog‘iston ulushi 7,3%ni tashkil qilgan.

Boshqa davlatlar orasida Xitoy, Turkiya, Koreya Respublikasi, Afg‘oniston, Germaniya, Latviya, Eron, Fransiya yetakchi bo‘lib, ularning ulushi 33,4 %ni tashkil qilmoqda.

Jami eksport hajmida eng katta ulushga ega davlatlar Xitoy (15,3%) va Rossiya (11,6%) bo‘lib, import hajmida ham ushbu ikki davlat yetakchilik qilmoqda – Rossiya — 26%, Xitoy — 19,6%,

Meva-sabzavot mahsulotlari eksport hajmi 110,8 mln dollarni tashkil qildi yoki o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 51,7 %ga oshdi.

Hisobotdan ma’lum bo‘lishicha, meva-sabzavot mahsulotlari eksportida asosiy hamkor davlatlar Qozog‘iston (umumiy hajmdan 37,4 %), Afg‘oniston (13,1 %), Rossiya (11,8 %), Turkiya (5,9 %), Vyetnam (4,9 %), Xitoy (3,8 %), Qirg‘iziston (2,6 %), Eron (2,4 %) va Hindiston (2,2 %) hisoblanadi.

Yangiliklar lentasi
0