Tadbirda Rossiya Federatsiyasining O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi Vladimir Turdenev so‘zga chiqdi.
"Ellik yetti yil muqaddam insoniyat vakili ilk bor fazoga ko‘tarildi. Bu umumbashariyatga tegishli voqelik, koinot bayrami, butun yer sharini birlashtirgan olamshumul voqea bo‘lgan edi. Shunday qilib fazo biz uchun orzudan vaqtincha qo‘nim topib turgan bir hududga aylandi", — dedi diplomat va "ilk bor fazoga qadam qo‘ygan kishilar insonlar xotirasida abadiy saqlanajak", deya qo‘shimcha qildi.
Rossiya elchisi shuningdek, o‘zbekistonliklarning kosmosni o‘zlashtirish borasida qo‘shgan ulkan hissalarini e’tirof etib o‘tdi.
"O‘zbekiston raketalarni uchirishda yaqindan yordam bergan, O‘zbekiston lunoxodni yaratishda yordam ko‘rsatgan, O‘zbekiston kosmosni zabt etishda yordam bergan boshqa narsalarni yaratishda ham katta yordam bergan", — dedi diplomat.