Buxorolik 70 yoshli otaxon O‘zbekiston bo‘ylab velosipedda sayohatga chiqdi

© Komiyete po razvitiyu turizmaKudratov Muxammad Kulnazarovich - 70 letniy veloputeshestvennik iz Uzbekistana
Kudratov Muxammad Kulnazarovich - 70 letniy veloputeshestvennik iz Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Muhammad ota “Buxoro – Samarqand – Toshkent – Namangan – Farg‘ona – Andijon – Termiz – Qarshi – Buxoro” shaharlarini velosipedda aylanib chiqishni rejalashtirgan.

TOShKENT, 12 apr – Sputnik. Buxoroning Peshku tumanida istiqomat qiluvchi, 70 yoshli otaxon Qudratov Muhammad Qulnazarovich O‘zbekiston bo‘ylab velosipedda sayohatga chiqdi, deb xabar qilmoqda Turizmni rivojlantirish qo‘mitasi.

Muhammad ota “Buxoro – Samarqand – Toshkent – Namangan – Farg‘ona – Andijon – Termiz – Qarshi – Buxoro”  shaharlarini velosipedda aylanib chiqishni rejalashtirgan.

Bugungi kunga qadar Muhammad ota, “Buxoro – Samarqand” yo‘nalishida hamda Buxoro viloyatidagi “Yetti Pir” ziyoratgohlariga velosipedda borib-kelishga ulgurgan.

Qo‘mita xabariga ko‘ra, otaxon o‘zining ushbu sayohati orqali O‘zbekistonda ichki turizmni rivojlantirishga o‘z hissasini qo‘shmoqchi. Turizmni rivojlantirish qo‘mitasi ushbu otaxon sayohatini tizimli ravishda yoritib borishni rejalashtirgan.

Yangiliklar lentasi
0