Markaziy bank kartadan qancha miqdorda valyuta yechib olish mumkinligiga aniqlik kiritdi

© Foto : GlobUzV Tashkente zarabotal perviy bankomat s funksiyey obmena valyuti
V Tashkente zarabotal perviy bankomat s funksiyey obmena valyuti - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda shu yilning 1-noyabriga qadar tunu kun ishlaydigan avtomatlashgan valyuta almashtirish punktlari ishga tushishi xabar qilingandi

TOShKENT, 12 apr — Sputnik. O‘zbekiston Markaziy banki valyuta operatsiyalari borasidagi so‘rovlar yuzasidan ma’lumot berdi.

Platejniy terminal dlya bankovskoy karti - Sputnik O‘zbekiston
Barcha terminallar 1-iyuldan multivalyuta to‘lovlar qabul qila boshlaydi

Bank matbuot xizmatining bildirishicha, yuridik shaxslar joriy xalqaro operatsiyalar bo‘yicha xorijiy valyutani tijorat banklaridan cheklanmagan miqdorda xarid qilishlari mumkin; eksport bilan shug‘ullanuvchi firma va boshqa subyektlar xorijiy valyutadan tushumini majburiy sotish talabisiz foydalanishlari mumkin.

Fuqarolar bank kartalaridagi xorijiy valyutani hech qanday cheklovlarsiz yechib olishlari, onlayn-tizimlar orqali o‘tkazishlari, ruxsatnomasiz 5 ming dollargacha mablag‘ni respublika tashqarisiga olib chiqishlari mumkin, faqat 2 ming dollardan ortiq mablag‘ bo‘lgan taqdirda majburiy deklaratsiyalash lozim bo‘ladi.

Yakka tadbirkorlar va fermer xo‘jaliklari o‘zlarining bankdagi hisobvarag‘idan naqd valyutani cheklanmagan miqdorda yechib olishi mumkin.

Avvalroq O‘zbekistonda shu yilning 1-noyabriga qadar tunu kun ishlaydigan avtomatlashgan valyuta almashtirish punktlari ishga tushishi xabar qilingandi.

Yangiliklar lentasi
0