TOShKENT, 11 apr — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Blida viloyatining Bufarik aeroporti yaqinida harbiy samolyotning qulashi oqibatida ko‘plab insonlar halok bo‘lgani munosabati bilan Jazoir Xalq Demokratik Respublikasi Prezidenti Abdulaziz Buteflika va Jazoir xalqiga hamdardlik bildirdi.Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar qildi.
RIA Novosti ma’lumotlariga ko‘ra, Jazoirda Il-76 harbiy-transport samolyotining qulashi oqibatida halok bo‘lganlar soni 257 kishini tashkil qilishi mumkin.
Jazoirning "An-Naxar" telekanali ma’lumotlariga ko‘ra, harbiy samolyotda 247 nafar harbiylar va 10 nafar ekipaj a’zolari bo‘lgan.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, ular hammasi halok bo‘lgan.
Fojia joyida 14 ta yong‘in o‘chirish bo‘linmalari, 30 ta tez yordam mashinasi va 300 nafar xavfsizlik xizmati xodimlari, qutqaruvchilar va o‘t o‘chiruvchilar ishlamoqda.