TOShKENT, 10 apr — Sputnik. O‘zbekiston shaharlarida va aholi punktlarida ruxsat berilgan maksimal tezlik 70 dan 60 km/soatgacha pasaytirilishi mumkin.
Bu umumiy jamoatchilik muhokamasi uchun qo‘yilgan, 2018-2022 yillarda mamlakatda yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash konsepsiyasi loyihasida ko‘zda tutilgan.
2016 yil 1-martdan O‘zbekistonda yo‘l harakati qoidalari kuchga kirdi. Ularga ko‘ra O‘zbekiston shaharlarida va aholi punktlarida ruxsat berilgan maksimal tezlik 70 km/soatgacha, xalqaro trassalarda esa 100 km/soatgacha belgilangan.
Ushbu hujjat loyihasini Ichki ishlar vazirligi tomonidan tayyorlangan. Konsepsiya 2018-yil 1-maydan kuchga kiritilishi mumkin.
"O‘zbekiston shaharlarida va aholi punktlarida ruxsat berilgan maksimal tezlikni 60 km/soatgacha belgilash", — deyilgan konsepsiyani amalga oshirish yo‘l haritasida.
Ushbu qoidani 2019-yil 1-yanvargacha yo‘l harakat qoidalariga kiritish rejalashtirilmoqda.
Shuningdek, konsepsiya 1-iyungacha aholi turar joylardan tashqari 4 polosali yo‘llarda 80 km/soat, 3 polosali yo‘llarda — 60 km/soat, tog‘li yo‘l uchastkalarida — 30 km/soat belgilash masalasi ko‘rib chiqilmoqda. Bundan tashqari, yo‘l harakati xavfsizligi kuzatuvisiz qishloq xo‘jalik, qo‘rilish va boshqa maxsus texnikalarni harakatlanishiga taqiq qo‘yish ko‘zda tutilmoqda.
Hujjatda qayd etilishicha, O‘zbekiston odam o‘limi bilan tugagan yo‘l qoidabuzarliklar soni 100 ming kishiga 8,3 tani tashkil qiladi. Bu "nisbatan yuqori ko‘rsatkich" hisoblanadi. IIVning ma’lumotlariga ko‘ra, o‘tgan haftaning o‘zida bir nechta YTH oqibatida respublikaning bir qator viloyatlarida 30 ortiq kishi halok bo‘ldi, ular ichida bolalar ham bor. Baxtsiz hodisalarning asosiy sabablari — tezlikni belgilangan meyordan oshirish va qarama-qarshi yo‘l polosasiga chiqish.