NATO Afg‘onistonda ID rahbarini yo‘q qilganini aytmoqda

Obuna bo‘lish
Qori Hikmatulloning millati o‘zbek bo‘lgani va u oxirgi yil davomida o‘tkazilgan ko‘plab qonli teraktlarining tashkilotchisi ekanligi aytilmoqda.

TOShKENT, 10 apr – Sputnik. AQSh harbiylari Afg‘oniston hududida Qori Hikmatulla nomli “Islomiy davlat” rahbarlaridan birining yo‘q qilingani haqida xabar qilishdi, RIA Novosti xabariga asosan.

NATO xabariga ko‘ra, Qori Hikmatulla Afg‘oniston shimolida “Islomiy davlat” safiga yangi jangchilar yollash bilan shug‘ullangan. Terrorchi va uning tan soqchilari 5-aprel kuni, Farob provinsiyasi shimolida  aviatsiya zarbasi yordamida yo‘q qilingan.

Sovmestnoe foto uchastnikov konferensii po Afganistanu v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Afg‘oniston bo‘yicha Toshkent anjumani: kutilgan reaksiya, AQSh pozitsiyasi va tinchlik sulhi

Afg‘oniston harbiylari  aytishiga qaraganda, Qori Hikmatullo “Islomiy davlatning” Afg‘onistondagi rahbari bo‘lgan va mamlakatda o‘tkazilgan ko‘plab qonli terrorchilik aktlarining tashkilotchisi bo‘lgan. Uning yo‘q qilinishi ID uchun katta yo‘qotishdir.

NATO xabarida Qori Hikmatullaning millati o‘zbek bo‘lgani va uning o‘rniga kelayotgan yangi rahbar — Mavlavi Xabibul Raxmonning ham o‘zbek ekanligi alohida ta’kidlangan. Shuningdek, xabarda Habibul Rahmonning o‘tmishda “Tolibon” bilan aloqalari bo‘lgani ham aytib o‘tilgan.

Eslatib o‘tamiz, Afg‘oniston manbaalarida aytilishiga ko‘ra, mamlakat shimolidagi “Jauzjan” viloyatida ayni damda mamlakat shimolida 450-500 nafar ID jangarilari joylashib olgan. Ular orasida 30ga yaqin “Xorijiy mutaxassislar” ham borligi ta’kidlanmoqda.

Yangiliklar lentasi
0