TOShKENT, 8 apr — Sputnik. Qozog‘istondagi Respublika Sog‘liqni saqlash markazi direktori o‘rinbosari Ayman Iskakova qo‘shni mamlakat fuqarolari Qozog‘iston klinikalariga asosan qanday kasalliklarni davolash maqsadida kelishayotgani haqida so‘zlab berdi.
Iskakova aytishiga qaraganda har yili 20 mingdan ortiq kishi Qozog‘istonga tibbiy turist sifatida kelmoqda. Ularning aksariyati Rossiya, O‘zbekiston va Qirg‘iziston fuqarolaridir. Tibbiy turist sifatida kelayotganlarning katta qismi sanatoriya va kurortlarda dam olish maqsadida keladi, lekin murakkab jarrohlikoperatsiyalari o‘tkazish uchun kelayotganlarning ham soni ko‘p.
Iskakova aytishiga qaraganda, tibbiy turistlar asosan Olma-Ota va Ostona shaharlariga kelishadi, chunki ushbu shaharlardagi klinikalarida jahon standartlariga mos keladigan tibbiy xizmatlar taklif qilinmoqda.
Davolanish uchun kelayotgan xorij fuqarolari orasida eng ommaviy bo‘lgan xizmatlar: birinchi navbatda — kardiojarrohlik, neyrojarrohlik, ortopediya, sun’iy urug‘lantirish, onkologiya va transplantologiyadir.
Qozog‘iston Sog‘liqni saqlash markazi direktori o‘rinbosari bilan batafsil suhbatni quyida tinglashingiz mumkin.