TOShKENT, 8 apr — Sputnik. Germaniyaning Munster shahrida ruhiy kasal kishi yuk avtomobilini odamlar ustiga haydadi, deb xabar qilmoqda Sputnik Germaniya nashri.
“7 aprel kuni soat 17:46 atrofida kichik yuk avtomobili (pikap) “Kiepenkerl” restorani oldida turgan bir gurux odamlar ustiga haydalgan. Oqibatda uch kishi qurbon bo‘lgan 20dan ortiq odam turli jarohatlar olgan. Ular orasida og‘ir jarohatlanganlar ham bor”, — deyilgan politsiya xabarida.
Ushbu hodisa oldin ID terrorchilari tomonidan Yevropa hududida amalga oshirilgan teraktlarga o‘xshash bo‘lsada, politsiya uni terakt deb atashga shoshilmayapti. Ayni damda Yuk mashinasini haydagan kishi Munsterlik 48 yoshli ruhiy kasal shaxs bo‘lgani aniqlangan. U oldin ham bir necha bor o‘z joniga qasd qilshga uringani ma’lum.