Toshkentda joylashgan mix ishlab chiqarish sexida kuchli yong‘in sodir bo‘ldi

© Sputnik / Keytlin Ouks / Mediabankka o‘tishBesporadki v amerikanskom gorode Baltimore
Besporadki v amerikanskom gorode Baltimore - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Yong‘in oqibatida sexning 200 kv.m maydoni zarar ko‘rgan.

TOShKENT, 6 apr — Sputnik. Toshkent shahrida mix ishlab chiqarish sexida kuchli yong‘in sodir bo‘ldi, deb xabar qildi Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati.

"5 aprel kuni soat 18:57 da Toshkent shahar IIBB YXBga Qoraqamish 1/4 mavzesi, Gulsaroy ko‘chasi 5-uyda joylashgan qurilish materiallari ishlab chiqaradigan sexda yong‘in sodir bo‘lgani haqida xabar kelib tushdi.

Voqea joyiga 8 ta yong‘in xavfsizligi xizmati maxsus mashinalari yetib keldi. Alanga yarim soat ichida qamrab olinib, soat 19:50da to‘liq bartaraf etildi", — deyilgan xabarda.

Yong‘in oqibatida sexning 200 kv.m maydoni zarar ko‘rgan. Jabrlanganlar yo‘q. Halokatga elektr simlaridagi qisqa tutashuv sabab bo‘lgani taxmin qilinmoqda.

Yangiliklar lentasi
0