Toshkent viloyatida 2021-yilgacha biznes-aviatsiyasi uchun aeroport quriladi

© Uzbekskie avialiniiSamolet biznes-klassa v aeroportu Tashkenta
Samolet biznes-klassa v aeroportu Tashkenta - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Aeroport hududida uchish-qo‘nish chizig‘i va soatiga 250 yo‘lovchini o‘tkazish imkoniyatiga ega bo‘lgan terminal barpo etish rejalashtirilgan.

TOShKENT, 6 apr — Sputnik. "O‘zbekiston temir yo‘llari" AJ 2018-2020 yillar "Toshkent-Shimoliy" aerodrom bazasida biznes-aviatsiyasi uchun aeroport qurishni rejalashtirishmoqda.

Toshkent aeroportida yangi terminal aprel oyining oxirida ishga tushadi

"Hozirgi vaqtda aeroportni loyihalashtirish jarayoni ketmoqda, umumiy qurilish ishlari ham boshlab yuborilgan", — deb xabar qildi RIA Novosti ushbu ishlardan xabardor bo‘lgan manbaaga asosan.

Suhbatdoshning so‘zlariga ko‘ra, shu yilning ikkinchi yarim yilligida loyihani bosh pudratchini tanlash bo‘yicha tanlov e’lon qilish rejalashtirilgan.

Birinchi bosqichda (2018-2010 y.) uchish-qo‘nish chizig‘i va soatiga 250 yo‘lovchini o‘tkazish imkoniyatiga ega bo‘lgan terminal barpo etish rejalashtirilgan. Ikkinchi bosqichda qo‘shimcha infratuzilma, mehmonxona majmuasi quriladi.

Boshlang‘ich bosqichni moliyalashtirish (140 million dollar) xorijiy kreditlar va "O‘zbekiston temir yo‘llar" o‘z mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.

Agentlik suhbatdoshining so‘zlariga ko‘ra, shu yil boshida "Toshkent-Sharqiy" aerodromi hukumat qaroriga asosan Mudofaa vazirligidan "O‘zbekiston temir yo‘llari"ga o‘tkazib berilgan.

2017 yil dekabrda O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev "Toshkent-Sharqiy" aerodromni takomillashtirish loyihasi bilan tanishish chog‘ida O‘zbekistondan biznes-aviatsiyasini rivojlashtirish muhimligini alohida ta’kidlab o‘tgandi.

"Toshkent-Sharqiy" aerodromi Toshkent viloyatida joylashgan. Sobiq sovet ittifoq paytida ushbu aerodromdan harbiylarni Afg‘onistonga o‘tkazish uchun foydalanilgan. Sobiq sovet ittifoqi parchalangandan so‘ng aerodrom V.Chkalov nomidagi Toshkent aviatsiya korxonasiga, 2007-yilda esa Mudofaa vazirligiga o‘tkazilgandi.

Yangiliklar lentasi
0