Finlyandiyada 500 dan ortiq O‘zbekiston fuqarolari istiqomat qiladi

Obuna bo‘lish
Bundan avval, Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston va Finlyandiya o‘rtasida amaliy hamkorlik uchun keng imkoniyatlar va salohiyatga mavjudligi haqida aytib o‘tgandi.

TOShKENT, 6 apr — Sputnik. 2017-yil 31-dekabr holatiga Finlyandiyada 500 dan ortiq O‘zbekiston fuqarolari istiqomat qiladi, deb xabar qildi RIA Novosti Finlyandiya statistika idorasi vakili Yoni Rantakariga tayangan holda.

Shuningdek, Finlyandiyada sobiq sovet ittifoqi davlatlari fuqarolari istiqomat qiladi, ulardan 269 nafar Qozog‘iston, 19 nafar Tojikiston, 21 nafar Turkmaniston fuqarolaridir.

2018 yil boshida Shavkat Mirziyoyev Finlyandiya rahbari Sauli Niynistoga yo‘llagan maktubida mamlakatlar turli sohalarda aniq dasturlar va loyihalarni hamkorlikda rivojlantirish bo‘yicha keng imkoniyatlar mavjudligini ta’kidlab o‘tgandi.

Yangiliklar lentasi
0