TOShKENT, 6 apr — Sputnik. To‘rtko‘l tumanida 24 yashar qizni zo‘rlashdi, deb xabar qildi O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi.
Xabarga ko‘ra, hodisa Qoraqalpog‘iston Respublikasining To‘rtko‘l tumanida 28-mart kuni yuz bergan.
Ellikqal’a tumanida yashovchi, 1993-yilda tug‘ilgan S.Habibullayev tanishi M.T ning uyida 1994-yilda tug‘ilgan (ismi shariflari o‘zgartirilgan) G.I.ni zo‘rlab nomusiga tekkan.
Ko‘rilgan choralar natijasida S.Habibullayev qo‘lga olingan.
Zo‘rlab nomusga tegish natijasi — qamoqdir, deb eslatib o‘tgan O‘zbekiston IIV.