Turobjon Jo‘rayev prezident va’dasini bajardi: qidiruvda bo‘lgan ikki fuqaro kechirildi

© Sputnik / Aleksey Filippov / Mediabankka o‘tishPribitie poyezda Tashkent-Moskva
Pribitie poyezda Tashkent-Moskva - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bir necha yillardan buyon qidiruvda bo‘lgan aka-uka Asliddin va Xurshid Ergashevlar o‘z ixtiyori bilan O‘zbekistonga qaytgani uchun ularga nisbatan qamoq chorasi qo‘llanilmadi.

TOShKENT, 5 apr — Sputnik. Samarqand viloyatida qidiruvda bo‘lgan ikki fuqaro kechirildi, deb xabar qilmoqda Samarqand viloyat hokimligi matbuot-xizmati.

Xokimiyat Samarkandskoy oblasti - Sputnik O‘zbekiston
Samarqand viloyati hokimi Turobjon Jo‘rayev Diana Yenikeyeva bilan bog‘liq hodisaga izoh berdi

Yaqinda bo‘lib o‘tgan maxsus qidiruvdagi fuqarolar va ularning yaqin qarindoshlari bilan viloyatda amalga oshirilayotgan ishlarga bag‘ishlangan yig‘ilishda viloyat hokimi Turobjon Jo‘rayev "Ularga ayting, qaytishsin, viloyat hokimi sifatida va’da beraman, hech birini qamamaymiz. Prezidentimizning topshirig‘i bu. Ularni to‘g‘ri yo‘lga solamiz, ish bilan ta’minlaymiz, uyi bo‘lmasa, bu borada ham yordam beramiz" deya qidiruvda yurgan adashganlarning yaqinlariga murojaat etgan edi.

Ta’kidlanishicha, yig‘ilishda 64 yoshli ona, urgutlik Muhayyo Xodiyeva bir emas, uch o‘g‘li chetda yurganini, ularning yosh bolalari borligini aytib, farzandlarini qaytarish borasida yordam so‘ragan.

Oradan hech qancha vaqt o‘tmay farzandlar qaytarilgan. "Bir necha yillardan buyon qidiruvda bo‘lgan aka-uka Asliddin va Xurshid Ergashevlar o‘z ixtiyori bilan yurtimizga qaytgani uchun ularga nisbatan qamoq chorasi qo‘llanilmadi", — deyiladi xabarda.

"Nevaralarim ham otalari mehriga zor edi. O‘g‘illarim mehnatkash. Endi ular bu ishonchni halol mehnati, Vatanga sadoqati bilan oqlashiga men kafilman. Bizga shunday imkoniyatni bergan Prezidentimizga ming rahmat!", — deb aytgan ona.

"To‘g‘ri yo‘ldan adashib, ancha vaqtni Vatanimiz, oilamiz bag‘ridan yiroqda o‘tkazdik, — deydi A.Ergashev. — Bizga to‘g‘ri hayot kechirish uchun qayta imkon berilganidan mamnunmiz. Bundan to‘g‘ri xulosa chiqarib, kelgusida halol mehnat qilib, oilamiz bag‘rida hayot kechiramiz. Buning uchun Prezidentimizdan, bizni qaytishimizga ko‘mak bergan insonlardan minnatdormiz".

Muhimi, adashganlar kech bo‘lsada, non-tuz bergan zaminga, yaqinlariga xiyonat qilish jirkanch gunoh ekanligini tushunib yetdi. Berilgan imkondan foydalanish ularning hayotdagi eng to‘g‘ri tanlovi bo‘ldi. Bu esa yurtimizda insonparvarlik tamoyili amalda ekanligini, bu Vatan bosh egib kelgan farzandining ko‘kragidan itarmay, to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatib, bag‘riga olishini yana bir bor namoyon etdi, deyiladi xabarda.

Yangiliklar lentasi
0