TOShKENT, 5 apr — Sputnik. O‘zbekistonlik farrosh Moskvadagi Palexskaya ko‘chasini tozalayotib granata topib oldi.
Granata qor ostida bo‘lgan. Bu haqda "360" telekanali ichki ishlar organlaridagi manbaga tayanib xabar berdi.
48 yoshli farrosh politsiyaga 3-aprel kuni granata topib olganidan keyin xabar bergan. Bu yerga kinolog va saporlar yetib kelgan. Granata kunning ikkinchi yarmida topilgani bois uni zararsizlantirish 4-aprelga qoldirilgan.
Manbaning aytishicha, hodisadan prokuratura va tergov qo‘mitasi tumanlararo bo‘limi xabardor.