TOShKENT, 5 apr — Sputnik. AQSh fuqarosi Toshkentda mashinasida 33 yoshli ayolni urib yubordi, deb xabar berdi Sputnik Tojikiston uznews-uz internet nashriga tayanib.
Xabar qilinishicha, voqea 4-aprel kechqurun yuz bergan.
Texaslik 25 yoshli tadbirkor "Kaptiva" avtomobilida yo‘lni kesib o‘tayotgan piyodani urib yuborgan.
Bosh qismi jarohatlangan ayol mahalliy kasalxonaga olib borilgan.
Xabarga ko‘ra, ayol bugun ertalab kasalxonaning jonlantirish bo‘limida vafot etgan.