Toshkent ShIIBB “Xabar.uz” saytida berilgan ma’lumot mutlaqo asossiz ekanligini bildirdi

© Sputnik / Vladimir Pesnya / Mediabankka o‘tishYeshe bolshe gosuslug mojno budet poluchit cherez internet
Yeshe bolshe gosuslug mojno budet poluchit cherez internet - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
4 aprel kuni “Xabar.uz” axborot-tahliliy portali “Toshkent shahar IIBB ikki yildan beri bir fuqaroning murojaatini hal qilib bermayapti” sarlavhali maqolani chop etgan

TOShKENT, 5 apr – Sputnik. Toshkent shahar IIBB “Xabar.uz” saytida berilgan maqolaga nisbatan rasmiy bayonot berdi.

Bayonotda aytilishicha, 4-aprel kuni “Xabar.uz” axborot-tahliliy portali “Toshkent shahar IIBB ikki yildan beri bir fuqaroning murojaatini hal qilib bermayapti” sarlavhali maqolani chop etgan. Unda Toshkent shahar IIBB fuqaro B.Jalolovning fuqaro S.Boltayevga nisbatan bildirgan da’vosiga qonunan chora ko‘rilmayotgani haqida so‘z borgan.

“Toshkent shahar IIBB fuqaro B.Jalolovning murojaatiga qonunan chora ko‘rilmayotgani haqidagi ma’lumot mutlaqo asossiz ekanini rasman ma’lum qiladi”, — deyiladi bayonotda.

Toshkent shahar IIBB B.Jalolovning Shayxontohur tumani IIB, Toshkent shahar IIBB va boshqa yuqori turuvchi tashkilotlarga S.Boltayevni firibgarligi uchun jinoiy javobgarlikka tortish haqida hamda chora ko‘rmayotgani uchun Toshkent shahar IIBB ustidan ariza bilan bir necha bor murojaat qilganini tasdiqlaydi.

© SkrinshotSayt GUVD Tashkenta
Sayt GUVD Tashkenta - Sputnik O‘zbekiston
Sayt GUVD Tashkenta

Bayonotga ko‘ra, Toshkent shahar IIBB va uning hududiy boshqarmalari tomonidan B.Jalolovning har bir arizasi o‘z vaqtida ko‘rib chiqilgan va unga yozma ravishda javob qaytarilgan.

Bundan tashqari, fuqaro B.Jalolov Toshkent shahar IIBB rahbariyati tomonidan qabul qilinib, S.Boltayevning xatti-harakatlariga nisbatan milliy qonunchilikda jinoiy javobgarlik belgilanmagani bois, uning da’vo arizasi rad qilingani ma’lum qilingan. Shu munosabat bilan, B.Jalolovga fuqarolar o‘rtasidagi nizolarni keltirib chiqaruvchi o‘zaro kelishuvlar ko‘rib chiqiladigan fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlarga murojaat qilish huquqi borligi tushuntirilgan.

Toshkent shahar IIBBning ma’lumot berishicha, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sudi plenumining “Firibgarlikka oid ishlar bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, firibgarlik — o‘zgalar mulkini yoki mulkka bo‘lgan huquqini aldash yoki ishonchini suiste’mol qilish yo‘li bilan qonunga xilof ravishda va tekin qo‘lga kiritishda ifodalanadi.

Ushbu qarorning 9-moddasida fuqarolik-huquqiy bitim, shartnoma bo‘yicha jinoyat belgilari mavjud bo‘lmagan hollarda, nizo fuqarolik ishlari bo‘yicha sud tomonidan ko‘rib chiqilishi qayd etilgan. Shundan kelib chiqib, o‘zaro fuqarolik nizolarida jinoyat belgilari mavjud bo‘lmaganligi uchun, jinoyat ishini to‘xtatish to‘g‘risida qaror qabul qilinadi va tomonlarga mazkur masala yuzasidan fuqarolik ishlari sudlariga murojaat qilishi lozimligi tushuntiriladi.

Yangiliklar lentasi
0