O‘zbekistonda 2017-yil davomida chegarani buzgan 5 ming kishi hibsga olindi

© AP Photo / Efrem LukatskyMost cherez reku Amudaryu na granitse Uzbekistana i Afganistana
Most cherez reku Amudaryu na granitse Uzbekistana i Afganistana - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
2016 yilda esa O‘zbekiston chegarachilari tomonidan davlat chegarasini buzgan 7,3 ming kishi qo‘lga olingandi

TOShKENT, 5 apr — Sputnik. DXX Davlat chegaralarini qo‘riqlash qo‘mitasi xodimlari 2017-yil davomida chegarani buzgan 4,9 ming kishini qo‘lga olishdi, deb xabar qildi ushbu qo‘mita matbuot xizmati.

Lazernaya ukazka - Sputnik O‘zbekiston
Andijonda lazerli nur tarqatgichlar to‘xtatib qolindi

Qo‘mita ma’lumotlariga ko‘ra, o‘tgan yili O‘zbekiston chegara nazorati punktlari orqali 22 million fuqaro o‘tgan, ulardan 7 millioni xorijiy davlat fuqarolaridir. Shuningdek, 920 mingdan ortiq (ulardan 400 ming xorijiy) transport vositalari ko‘rikdan o‘tkazildi.

DXX DChHQQ matbuot xizmati 2017-yilda davlat chegarasi orqali noqonuniy ravishda 32 million so‘mlik (4 million dolllarlik) tovar moddiy boyliklar olib o‘tilishi oldi olinganligini ma’lum qildi. Shu bilan birga, 48,9 kilo narkotik, 285 dona qurol va 1,9 million dollarlik kontrabanda mahsulotlari qo‘lga olindi.

Bugungi kunda O‘zbekistonda 69 ta chegara nazorati punktlari faoliyat ko‘rsatmoqda. Ulardan 49 tasi xorijiy, 14 tasi ikki tomonlama, 6 tasi soddalashtirilgan tartibdagi punktlardir. Avtomobil yo‘llarda — 38 ta, temir yo‘lda — 18 ta, aeroportlarda — 12 ta va 1 ta daryo portida nazoratdan o‘tish punktlari tashkil qilingan. 

Yangiliklar lentasi
0