Qo‘qonlik ayol o‘zining to‘rt yashar o‘g‘lini o‘ldirganlikda gumonlanmoqda

© AP Photo / Umida AkhmedovaUzbekskie militsioneri radom s patrulnoy mashinoy
Uzbekskie militsioneri radom s patrulnoy mashinoy - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Uch-to‘rt yashar o‘g‘il bolaning bo‘g‘ilgan jasadi avtomashinalar turar joyi oldidagi daraxt tagidan topilgan

TOShKENT, 4 apr — Sputnik. Qo‘qonlik ayol o‘z farzandining qotilligida gumonlanmoqda, deb xabar qildi O‘zbekiston IIV matbuot-xizmati.

Xabarda aytilishicha, 2018-yil 2-aprel kuni Farg‘ona viloyatining Qo‘qon shahrida Turkiston ko‘chasida joylashgan "Toshkent-Qo‘qon" yo‘nalishi bo‘yicha qatnovchi avtomashinalar turar joyi oldidagi daraxt tagidan 3-4 yoshlardagi o‘g‘il bolaning bo‘g‘ilgan holdagi jasadi topilgan.

Olib borilgan surishtiruv ishlari natijasida jasadning shaxsi aniqlangan. U 2015-yilda tug‘ilgan F. Ibrohimjonov bo‘lib, ushbu jinoyatni marhum F.Ibrohimjonovning onasi, 1995-yilda tug‘ilgan S.Tilavoldiyeva sodir etganligi aniqlanib qo‘lga olingan.

Yangiliklar lentasi
0