Pepsi kompaniyasi O‘zbekiston Superligasiga homiylik qiladi

© Sputnik / Ilya Pitalev / Mediabankka o‘tishKompaniya The Pepsi Bottling Group otkrila v Podmoskovye samiy krupniy v Yevrope zavod po rozlivu napitkov
Kompaniya The Pepsi Bottling Group otkrila v Podmoskovye samiy krupniy v Yevrope zavod po rozlivu napitkov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Pepsi kompaniyasi va O‘zbekiston Futbol assotsiatsiyasi o‘rtasida yil yakuniga qadar shartnoma imzolandi

TOShKENT, 4 apr – Sputnik. Pepsi kompaniyasi O‘zbekiston Superligasiga titul homiy bo‘lish istagini bildirdi. Shu maqsadda kompaniyaning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbarlari bugun Milliy olimpiya qo‘mitasida Umid Ahmadjonov bilan uchrashishdi. Bu haqda O‘zbekiston Futbol assotsiatsiyasi matbuot xizmati xabar qildi.

Futbolniy klub Bunyodkor - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston Superligasi g‘olibiga 1 mlrd so‘m pul mukofoti beriladi

"Pepsi kompaniyasi reklama industriyasida aynan sportning futbol turiga katta e’tibor qaratadi. Kompaniyamiz shuningdek, jahoning eng nufuzli sport musobaqalaridan biri – futbol bo‘yicha Yevropa chempionlar ligasining ham rasmiy homiysi hisoblanadi. Biz o‘zbek futbolida ro‘y berayotgan ijobiy o‘zgarishlar, islohotlarda bevosita ishtirok etishni, shu orqali o‘zbek sporti taraqqiyoti va rivojlanishiga hissa qo‘shishni istaymiz. Qolaversa O‘zbekiston Superligasi kompaniyamizni yanada mashhurroq qilish, mahsulotlarimizni reklama qilish uchun katta bozordir. Biz bu imkoniyatni qo‘ldan chiqarmasligimiz kerak," – degan uchrashuvda Pepsining O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Shuhrat Ergashev.

Xabarga ko‘ra, uchrashuv yakunida Pepsi kompaniyasi va O‘zbekiston Futbol assotsiatsiyasi o‘rtasida yil yakuniga qadar shartnoma imzolandi. Kelasi mavsumda hamkorlik doirasini yanada kengaytirish, musobaqalar sonini oshirish, bolalar va mahalla futboliga ham kirib borish masalasida kelishib olindi.

Yangiliklar lentasi
0