TOShKENT, 4 apr — Sputnik. O‘zbekistonlik Shohjahon Ergashev Butunjahon boks assotsiatsiyasining eng kuchli bokschilar reytingida o‘ntalik ro‘yxatdan joy oldi.
Ergashev birinchi yarim o‘rta vazn toifasida reytingning to‘qqizinchi pog‘onasidan joy oldi.
Mazkur toifada rossiyalik Eduard Troyanovskiy yetakchilik qilmoqda.
"Amir Temur avlodi" taxallusi bilan mashhur Shohjahon Ergashev professional ringda 11ta jang o‘tkazib, ularning barchasida nokaut bilan g‘alaba qozongan. Uning oxirgi jangi shu yilning yanvarida amerikalik Soni Fredriksonga qarshi o‘tkazilgan va o‘zbek bokschisi uni uchinchi raundda texnik nokautga uchratgandi.
Ergashev 28-aprel kuni xitoylik Jimin Vangga qarshi navbatdagi jangini o‘tkazadi.