Qozog‘istonning Kokshetausida ayol o‘z erini notanish qiz bilan birga o‘lik holatda topib oldi

© Sputnik / Pavel Lisisin / Mediabankka o‘tishSkoraya meditsinaskaya pomosh, arxivnoe foto
Skoraya meditsinaskaya pomosh, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Hodisa joyiga yetib kelgan politsiya qizning shaxsini aniqlagan va o‘limning dastlabki sabablarini ma’lum qilgan

TOShKENT, 4 apr — Sputnik. Kokshetauda yashovchi ayol o‘z uyi garajidagi avtomobilda eri va notanish qiz jasadiga duch keldi, deb xabar bergan Sputnik Qozog‘iston nashri.

Vozdushnie shari - Sputnik O‘zbekiston
Havoda uchadigan gazli sharlardan ehtiyot bo‘ling - Toshkent IIBB

"Kokshetau IIB tezkor boshqaruv markazi maxsus liniyasiga 3-aprel kuni 21.13da qo‘ng‘iroq bo‘ldi: ayol o‘z uyida, temir garaj ichida 1984-yilda tug‘ilgan turmush o‘rtog‘i va notanish qiz jasadini aniqlagani haqida xabar qilgan", — deb yozadi nashr.

Hodisa joyiga yetib kelgan tergov-tezkor guruhi 1992-yilda tug‘ilgan qiz shaxsini aniqlashtirgan.

Tashqi tomondan qiynoq belgilari bo‘lmagan jasadlar morgga jo‘natilgan, ekspertiza tayinlangan.

Politsiya xabariga ko‘ra, o‘limning dastlabki sababi — ugar gazdan zaharlanish ekanligi aytilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0