Hyundai Engineering Navoiyda elektr stansiyasi quradi

© Sputnik / Sergey Kuznetsov / Mediabankka o‘tishMashinniy zal teplovoy stansii
Mashinniy zal teplovoy stansii - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Quvvati 450 megavatt bo‘lgan IES qurilishi 540 mln $ va 3-yildan ortiq vaqt talab qiladi.

TOShKENT, 3 apr — Sputnik. Koreyaning eng yirik qurilish kompaniyalaridan biri bo‘lgan Hyundai Engineering & Construction Co. O‘zbekistonda elektr stansiyasi qurish bo‘yicha buyurtmani qo‘lga kiritdi, deb xabar qilmoqda Janubiy Koreyaning Yonxap axborot agentligi.

"Hyundai E&C "O‘zbekenergo"Aksiyadorlik jamiyatidan O‘zbekistonda qiymati 540 mln $ bo‘lgan elektrostansiya qurish buyurtmasini yutib olgani haqida tabrik xati oldi", — deyilgan xabarda.

O‘z navbatida, Hyundai Engineering Navoiy viloyatida quvvati 450 megavatt bo‘lgan IES qurish haqida buyurtma olganini tasdiqladi. Kompaniya xabariga ko‘ra, ushbu loyiha qurilishi 38 oy davom etar ekan.

Eslatib o‘tamiz, Hyundai Engineering O‘zbekistonda neft va gaz sohasida bir necha yirik loyihalarida ishtirok etmoqda. Undan tashqari kompaniya o‘zbekistonlik yoshlarni Koreyada o‘qitish va tajriba orttirish borasida ham hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan.

Yangiliklar lentasi
0