Toshkentda o‘quvchi maktab direktorini urgani haqidagi xabar isbotini topmadi - XTV

© Sputnik / Natalya Seliverstova / Mediabankka o‘tishSotsialnaya set "Feysbuk"
Sotsialnaya set Feysbuk - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Muallif tomonidan qoldirilgan postda maktab rahbarini obro‘sizlantirish va unga nisbatan tuhmat qilish alomatlari borligi sabab hozirda ushbu ish bo‘yicha huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat qilingan

TOShKENT, 3 apr — Sputnik. 31 mart kuni Feysbuk ijtimoiy tarmog‘idagi "Xalq bilan muloqot/Dialog s narodom" guruhida Toshkent shahridagi 315-sonli maktab direktorini 9-sinf o‘quvchisi kaltaklagani haqida foydalanuvchilardan biri qoldirgan xabar isbotini topmadi. Bu haqda Xalq ta’limi vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Xabarda aytilishicha, mazkur holat mas’ul mutaxassislar tomonidan o‘rganib chiqildi. Unda keltirilgan vajlar o‘z isbotini topmadi. Maktab rahbari va o‘quvchi o‘rtasida hech qanday kelishmovchilik sodir bo‘lmagan.

"Shuningdek, maktab direktori tomonidan tikuv mashinalarining talon-taroj qilingani hamda o‘qituvchilarga beriladigan mukofot pullari o‘zlashtirilgani to‘g‘risidagi vajlar mas’ul idora vakillaridan iborat maxsus guruh tomonidan o‘rganilganda tasdig‘ini topmadi", — deyiladi matbuot xizmati xabarida.

© SkrinshotSkrinshot stranisi Feysbuk Minobrazovaniya Uzbekistana
Skrinshot stranisi Feysbuk Minobrazovaniya Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston
Skrinshot stranisi Feysbuk Minobrazovaniya Uzbekistana

Xabar qilinishicha, muallif tomonidan qoldirilgan postda maktab rahbarini obro‘sizlantirish va unga nisbatan tuhmat qilish alomatlari borligi sabab hozirda ushbu ish bo‘yicha huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat qilingan.

Mazkur holat yuzasidan tekshiruvlar yakunida qo‘shimcha ma’lumot beriladi.

Xalq ta’limi vazirligi sohada olib borilayotgan islohotlar samaradorligini ta’minlashda jamoatchilik bilan hamkorlik qilishga doim tayyorligini bildirgan.

Yangiliklar lentasi
0